Gvardiola: "Bu axmoqona taqvim o'yinchilarimizni o'ldiradi"
24 iyu 2019 10:34
Yangiliklar


Gvardiola: "Bu axmoqona taqvim o'yinchilarimizni o'ldiradi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchilarga nisbatan tuzilgan noto'g'ri taqvimdan shikoyat qildi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, futbolchilarda etarlicha hordiq chiqarish uchun vaqt yo'q.
"29 yoki 30 iyulda ayrim futbolchilar klub ixtiyoriga kelib qo'shilishadi. Ularga to'laqonli dam olish imkoniyatini berish kerak. Afrika Kubogida ishtirok etgan Mahrez yaqindagina mavsumni yakunlagan edi, hozirda esa yangi mavsum boshlanishiga oz qolmoqda".
"Bu axmoqona taqvim futbolchilarimizni o'ldiradi. Biz bunday darajaga uzoq vaqt dosh berolmaymiz", - deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar