Gvardiola: "Boateng "Atletiko"ga qarshi bahslarda maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmayman"
19 apr 2016 10:37
Yangiliklar
Gvardiola: "Boateng "Atletiko"ga qarshi bahslarda maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmayman"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, himoyachi Jerom Boateng "Atletiko"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final uchrashuvlarida jamoasiga yordam bera olishini bilmaydi.
"Boateng ko'p vaqtni o'tkazib yubordi, shu sababli u "Atletiko"ga qarshi yarim final bahslarida maydonga tushishi yoki tushmasligini bilmayman. Umuman olganda, hozir CHempionlar ligasi haqida o'ylayotganim yo'q, chunki ertaga "Verder" bilan Germaniya Kubogi yarim finalida maydonga tushamiz. Qiyin bo'ladi, ammo finalda ishtirok etmoqchimiz" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar