Gvardiola: “Biz “Liverpul” bilan birga chempionlikni qiyinlashtirdik”
15 dek 2019 08:58
Yangiliklar


Gvardiola: “Biz “Liverpul” bilan birga chempionlikni qiyinlashtirdik”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning aytishicha, APLda g'olib bo'lish, avvalgi yillarga qaraganda ancha qiyinlashgan.
Biz ushbu musobaqada g'olib chiqqunimizga qadar chempionlik uchun 85-90 ochko to'plash kifoya qilardi. Hozir esa salkam 100 ochko jamg'arish talab etilmoqda. Safimizdagi top futbolchilarning say-harakatlari tufayli biz “Liverpul” bilan chempionlik uchun erishiladigan marrani yanada balandroqqa ko'tardik.
Endi bizga yana bir bor ushbu natijani takrorlash talab etiladi. “Liverpul”dan keyingi pog'onalarda borayotgan jamoalar chempionlik uchun 100 ga yaqin ochko to'plash kerakligini yaxshi bilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar