Gvardiola: "Barselona"ga qarshi o'yinda "Bavariya" hujum qilmaydi, himoyalanadi"
11 may 2015 15:49
Yangiliklar


Gvardiola: "Barselona"ga qarshi o'yinda "Bavariya" hujum qilmaydi, himoyalanadi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim finali javob uchrashuvi haqida qiziq fikr bildirib o'tdi.
"Odamlarning o'ylashicha, biz hujum qilishimiz kerak, ammo birinchi navbatda himoyalanamiz. To'g'ri, birinchi uchrashuvdan ko'ra ko'proq hujumga o'tishimiz lozim. "Bavariya" so'nggi 15 yil ichidagi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynaydi. "Barselona" qarshi hujumlarda ham juda xavfli" - deydi Gvardiola.

Fikrlar