So’nggi yangiliklar

15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  0 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11

Gvardiola “Barsa” haqida: “Finallarni o'rtoqlik o'yinlari kabi o'tkazganmiz” Yangiliklar

Gvardiola “Barsa” haqida: “Finallarni o'rtoqlik o'yinlari kabi o'tkazganmiz”

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona”dagi faoliyatini esga oldi.

“Jamoamiz haqiqiy kurashchan “mahluq”lardan tashkil topgandi. Ular har qanday raqibni mahv etishni istashardi. Ularga ko'p narsalarni o'rgatganman. Futbolchilar o'rtasida raqobat katta edi, har biri jamoadoshidan ustunroq ekanligini namoyish etishga intilardi. 

Menga futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi bilan ishlash nasib etgan. U Ronaldino jamoadan ketganidan keyin o'sha mashhur 10-raqamni haqiqiy egasi edi. SHuningdek jamoada o'z akademiyamizda tarbiya topgan 7-8 nafar juda kuchli yigitlar va yuksak saviyadagi legionerlar jamlanishgandi.

Biz CHempionlar ligasi, Ispaniya kubogi finallarida bir necha marotaba to'p tepganmiz. Bu bellashuvlar biz uchun o'rtoqlik o'yinlari kabi o'tardi. Barcha futbolchilarning kuchli jihatlari bor edi. Puyol, Abidal, Dani Alves..... Bular o'ziga xos fel-atvorga yigitlar edi va maydondagi vazifasini juda yaxshi tushunishardi. Barcha Messi shubhasiz kuchli ekanligini bilardi va uni shu holatida qabul qilishgandi. SHuningdek, barcha bir narsani yaxshi bilardi: o'z ustingda ishlashda to'xtab qolsang, o'rningni shu zahotiyoq boshqa futbolchi egallaydi.

Biz ikki marta ECHLda g'olib bo'lganmiz, tarkibda bir xil uslubda to'p tepadigan  8 nafar akademiya tarbiyalanuvchisi to'p surgandi. Buning uchun Yoxan Kroyfga minnatdorchilik bildirsak arziydi”, dedi Gvardiola.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика