Gvardiola: "Aguero "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirdi"

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2017, 13:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ma'lum qilishicha, jamoa hujumchisi Serxio Aguero klub bilan kelishuvni uzaytirdi.

"Aguero "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirdi. Serxio o'zi xohlagancha klubda qoladi. U bizning eng yaxshi hujumchi hisoblanadi. Jamoadan qachon ketishni o'zi hal qiladi" - deydi Gvardiola.

Agueroning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha belgilangan edi, yangisi esa - 2020 yilning yozigacha.

Joriy mavsumda 28 yoshli argentinalik APLning 15 ta uchrashuvida 11 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror