Gvardiola: "Agarda chempionatni to'xtatish kerak bo'lsa, qarshi emasman"

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 13:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola koronavirus pandemiyasi sababli APL o'yinlari to'xtatib qo'yilishiga qarshi emas.

"Bu qiyin savol. Virus hali hamon bor. Shu boisdan avvaliga sog'liqni o'ylash kerak. Agarda virus xavfi yanada kuchaysa, futbolning to'xtamasligiga istisno qilib bo'lmaydi. Real holatga qaraydigan bo'lsak, hayotimiz oldingidek emas. Ular chempionatga tanaffus berishni istashsa, bunga roziman", - dedi murabbiy.

Oldinroq mutaxassisilar noyabr oyida koronavirusning ikkinchi to'lqini odamlarga xavf solishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal