Gvardiola: "Agar Gyundogan "Siti"da qolishni istamasa ketishi kerak"
11 mar 2019 14:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/482573_original.jpg)
![](/upload/storage/482573_220.jpg)
Gvardiola: "Agar Gyundogan "Siti"da qolishni istamasa ketishi kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadigan yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning vaziyati haqida fikr bildirdi.
"Gyundogan jamoada qolishini istayman. Ammo u ham shuni xohlayaptimi? Agar buni istamasa, Ilkay jamoadan ketishi lozim.
Biz hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz. Uning kelasi mavsum uchun shartnomasi bor. Agar Gyundogan yangi bitim imzolashni istasa, muzokaralar o'tkazishimiz mumkin.
Biroq hozir bu haqida gapirishni xohlamasa, kutib turamiz. Tayyor bo'lganida suhbatlashamiz" - deydi Gvardiola.
28 yoshli Gyundogan 2016 yilning yozida 27 mln. evro evaziga Dortmundning "Borussiya" klubidan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u APLning 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar