So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  32 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  47 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

Guruh peshqadamiga aylantirgan o'yin haqida Yangiliklar

Guruh peshqadamiga aylantirgan o'yin haqida

Kecha milliy terma jamoamiz JCH saralash bosqichi 3-raundida ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Uchrashuv qanday kechgani va boshqa holatlar xususida fikrlarimizni bildirib o'tsak.

O'yinga terma jamoamiz yana tarkibdagi muammolar bilan etib bordi. Haydarov oyog'idan olgan jarohati tufayli bellashuvni o'tkazib yuborishi aniq bo'lib ulgurgandi. SHuningdek, Denisovning beli og'riyotgani sababli uning qanday o'ynashini aytib bo'lmasdi. Yaxshiyamki, u maydonga tushdi va odatdagidek faol o'yin namoyish qildi. Krimec tarkibga qaytgani uchun markaziy himoyada SHukurov o'ynagan poziciyani u egalladi. Otabek esa maydon markaziga  Haydarovning o'rniga ko'chirildi. Bu o'zgarishlar oxir-oqibat samara keltirdi.

Uchrashuvdan bir kun avval o'tkazilgan mitingda o'yin O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov xotirasini yod etish bilan boshlanishi va terma jamoamiz azolarining maydonga qora bog'ichlarda chiqishi malum qilindi. Futbolchilarimiz o'yinga chiqib kelgan paytlari va madhiyani ijro etishayotgandayoq seshanba oqshomida o'zlarini fido qilib bo'lsa ham yurtboshimiz xotirasi uchun zafar quchishga intilishlari qarashlaridan sezilib turgandi. Ularning niyati xolis va Yaratgan xohlagan ekan, muvaffaqiyatni Prezidentimizga bag'ishlash ularga nasib qildi. Murabbiylar shtabida azolarida ham madhiyani ijro etish payti ko'z yoshlariga guvoh bo'ldik. Doxaga jamoamizni qo'llab-quvvatlashga etib borgan ishqibozlar esa Prezidentimiz hamisha qalbimizda bo'lishi yozilgan banner orqali yurtimiz aholisi tilagini aks ettirishdi.


Birinchi bo'lim mezbonlarning kichik ustunligi bilan boshlandi. Dastlabki 10 daqiqa ichida ular To'xtaxo'jaev harakat qilgan qanotdan keskin hujumlar uyushtirishga tushib ketishdi. Akram Afif ikki bor, Sebastyan Kuintana bir bor jarima maydoniga yorib kirdi. Afifning to'p uzatishlari yo'liga Lobanov to'g'anoq bo'ldi. Kuintana oshirgan to'pni esa Muhammad Musa boshi bilan darvozaga noaniq yo'lladi. Vakillarimizning oldinga o'tishga bo'lgan urinishlari esa noto'g'ri paslar tufayli uzilib qolaverdi. Bo'lim o'rtalariga qadar maydon markazidagi o'yinimiz qovushmadi. Natijada to'pni o'zimizda ko'p saqlab turmadik. Oqibatda to'p oldinda o'ynayotgan uch futbolchimizga kamdan-kam holatlarda etib bordi. SHu bilan birga himoyadagi harakatlarimiz ishonchliroq ko'rinish hosil qildi. Jamoaviy himoyalanishda yaxshiroq o'ynashga o'tdik. Natijada Kuintana, Tabata va Afifda qulay vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi. Futbolchilarimizning uzoq masofadan zarba berishga urinishlari esa noaniq bo'ldi. Qatarning qanotdan oshirgan to'plarini Lobanov xato qilmasdan ilib olaverdi.

Ikkinchi bo'lim boshidan jamoamiz o'yin suratini oshirdi. 5 daqiqa ichida Rashidov va SHukurov qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo har ikkisining zarbasi qovushmadi. Qanotlardan ko'proq hujumga o'ta boshladik. Qolaversa, to'pni yaxshi saqlab turishni boshladik va bo'sh hududlarga etarlicha chiqib bordik. Tashabbusga ega bo'lib borayotganimiz sababli Samvel Babayan Rashidov o'rniga Geynrixni tushirdi. Maydonga chiqqan zahoti Sashani qatarlik himoyachi jarima maydoni ichida yiqitdi. Bu holatda to'pni oldinga tashlagan Geynrixning oyog'iga raqib zarba bergandi. Biroq bahraynlik hakam Ali Abdulnabi bu holatda mezbonlar foydasiga qaror chiqardi. Oradan ko'p o'tmay, mezbonlar eng xavfli holatni yuzaga keltirishdi. Hassan Haydosning chalqanchasiga tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Keyinroq To'xtaxo'jaev Abdulkarim Hassanning ajoyib reydini to'pga oxirgi holatda tashlangan holda to'xtatib qoldi. Jamoalar ochiq futbol namoyish etishga kirishib ketishdi. 85-daqiqada o'yin taqdirini hal qilgan vaziyat yuzaga keldi. Geynrixga nisbatan Ahmad Yosir qo'pollik ishlatgani uchun jarima zarbasi belgilandi. O'ng qanotdan Sasha to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi va raqiblardan chaqqonroq o'ynagan Krimec boshi bilan uni darvozaga aniq yo'lladi  0:1!


Suriyaga qarshi uchrashuvda standart holatlar foyda bermagandi. Qatar bilan bellashuvda esa 7-8 bor shunday imkoniyatga ega bo'ldik va ulardan birini gol bilan yakunladik. Ustun taraflarimizni har bir raqibga moslab, undan foydalanib borish bizga shunday ijobiy natijalarni taqdim etib boriish mumkin.
Qolgan daqiqalar mobaynida termamiz to'pni juda xotirjam nazorat qildi va o'ta muhim g'alabani saqlab qoldi. Oxirgi saralash bosqichini ikki muvaffaqiyat bilan boshlash barchamizning kayfiyatimizni ko'tarib yubordi. Hozircha guruhda peshqadamga aylandik. Ayni paytda eng muhim narsa har bir jamoaga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rish va shunga mos o'yin ko'rsatishdir. Oktyabr oyida bizni Toshkentda yana ikki muhim o'yin kutmoqda. Endi o'sha uchrashuvlarga tayyorgarlik boshlanadi.


Behzod Nazarov

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика