So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   2 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  4 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  15 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

Guruh bosqichida to'rtinchi ishtirok yoxud "Nasaf"dan OCHLda nima kutamiz? Yangiliklar

Guruh bosqichida to'rtinchi ishtirok yoxud "Nasaf"dan OCHLda nima kutamiz?

Teglar :  NasafOCHL
Futbolda har yili shu ahvol: fevral yangi mavsum boshlanayotganidan darak beradi. Har yil fevralda Osiyo chempionlar ligasining guruh o'yinlari eshigimizni taqillatib kirib keladi.

OFK taqvimiga ko'ra, bu yilgi bahslar biroz erta boshlanadi. 12 fevral kuni “Lokomotiv” o'z maydonida BAAning “Al Vahda” klubini qabul qilsa, 13 fevralda “Nasaf” Eronda “Persepolis” mehmoni bo'ladi. O'yinlar tobora yaqinlashib qolayotgan bir paytda bu yil OCHLda ishtirok etadigan har ikki klubimiz oxirgi tayyorgarlik bosqichiga zo'r bermoqda. Biz bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichida to'rtinchi bor qatnashadigan “Nasaf” haqida to'xtalishni lozim topdik. 

Bilasizmi? "Nasaf" pley-offdan birinchi marta o'tdi

30 yanvar kuni CHempionlar ligasining pley-off bosqichidan o'rin olgan sakkizta uchrashuv bo'lib o'tdi. Bir o'yindan iborat bellashuvlarda g'alaba qozongan klublar guruh bosqichiga yo'llanma olishdi. Mana shu baxtli jamoalar qatoriga “Nasaf” ham kira oldi, chunki qarshiliklar uyda Iordaniyaning “Al Faysali” klubini 5:1 hisobida mag'lub etishdi. 

O'yindan bir kun oldin Qarshida yaxshigina qor yoqqani hamda stadion qalin qor bilan qoplangan bo'lishiga qaramay, o'yin kuni stadion xizmatchilari maydonni qordan tozalab normal holatga keltira olishdi. “Nasaf” - “Al Faysali” bahsining qoldirilishi haqida umuman gap-so'z bo'lishi mumkin emasdi. 

Havo sovuq bo'lishiga qaramay, “Nasaf” issiq o'yin namoyish etib bera oldi. Yakunda natija ham shunga yarasha bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari raqib darvozasiga beshta gol urishning uddasidan chiqishdi. Va eng qizig'i, mana shu natija sabab “Nasaf” o'z tarixida birinchi marta OCHL pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib guruh o'yinlariga yo'llanma oldi. 

Malumot uchun, qarshiliklar bungacha ikki marta omadni pley-offda sinab ko'rishgan va har ikkalasi omadsiz yakunlangandi. Xususan 2014 yil “Nasaf” Qatarda “Al Jayish” mehmoni bo'lib, 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan. O'shanda “Nasaf”ning bitta goliga Farrux Sayfiev mualliflik qilgan. 

O'tgan yil bo'lib o'tgan pley-off bahsida esa “Nasaf” Saudiya Arabistonining “Al Fateh” klubiga duch kelib, bunda 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan. Mana endi uchinchi urinish omadli chiqib, qarshiliklar tarixda birinchi marta pley-offdan guruh bosqichiga yo'l olishdi. 


Guruh o'yinlarida avvalgi uchta ishtirok 

Ana endi “Nasaf”ning Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtiroklari haqida so'z yuritamiz. Yaxshi bilasiz, “Nasaf” 2011 yil OFK Kubogini yutganidan keyin bu jamoaga nisbatan qiziqish keskin kuchayib ketdi va bemalol aytish mumkin, aynan 2011 yildan boshlab “Nasaf” o'zining yangi tarixini yoza boshladi. 

Jamoa bosh murabbiyligiga bir necha yillar davomida “Nasaf” uchun o'ynagan, hatto jamoaga sardorlik qilgan Ro'ziqul Berdiev kelgach, sekin-asta tarkib shakllanishi yuz berdi va eng muhimi, bir qator yoshlar etishib chiqdi. 

“Nasaf” bungacha uch marta Osiyo chempionlar ligasi guruh o'yinlarida qatnashgan bo'lsa, afsuski, birortasida guruhdan chiqa olmagan. Bunday natija muxlislarni xafa qilishi bor gap, lekin shuni unutmaylikki, “Nasaf” har doim o'z imkoniyati hamda tarkibdan kelib chiqqan holda ish tutgan. Boshqacha aytganda, boshdan baland sakray olmagan. “Nasaf” shu paytgacha 2012, 2015, 2016 yillarda OCHL guruh bosqichida ishtirok etgan. 


2012 yil. Guruhda oxirgi o'rin 

2011 yil “Nasaf” OFK Kubogida zafar quchganidan so'ng 2012 yil birinchi marta o'z omadini Osiyo chempionlar ligasida sinab ko'radi. Lekin bu ikkisi bir-biridan juda katta farq qiluvchi musobaqa emasmi, raqiblar saviyasi va o'yin farqi darhol ko'zga tashlanib qoldi. OCHLda “Dempo”ga o'xshagan klublar yo'q edi. Aksincha, “Nasaf”ni guruh bosqichida “Al Jazira”, “Istiqlol” va “Al Rayan”ga qarshi bahslar kutib turgandi. “Nasaf” guruh bosqichidagi ishtirokni o'z maydonida “Al Jazira”ga qarshi bahs bilan boshlagani hamon ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. 

O'shanda ham Qarshida kuchli qor yoqqandi. O'yin aslida 6 mart kuni bo'lib o'tishi lozim edi. Hatto o'yin kuni ham qor tinmay yoqqan, umuman futbol o'ynashning iloji yo'q edi. Yakunda OFK mutaxassislari uchrashuvni bir kun keyinga qoldirishga qaror qilishgandi. 

Natijada ertasi kun o'yin o'tkaziladi va “Nasaf” kutilmaganda 2:4 hisobida yutqazib qo'yadi. Fozil Musaev tezkor gol urishiga qaramay, raqib baribir ancha kuchli chiqadi va 68-daqiqadan boshlab yigirma daqiqa ichida uchta gol urishga erishadi.

Keyingi turni muhtasham “Ozodi” stadionida “Istiqlol”ga qarshi o'tkazgan “Nasaf” harqalay 0:0 o'ynaydi, biroq qolgan bellashuvlarning barchasida yutqazib qo'yadi. Jami oltita o'yin o'tkazgan jamoa atigi bir durang va besh mag'lubiyat bilan oxirgi o'rinni egallaydi. To'plar nisbati 4-14 ko'rinish oladi. “Nasaf” safida shu yil Ilhom SHomurodov ikki bor, Fozil Musaev esa bir marta gol muallifi bo'lgan. Yana bir golni “Al Jazira” futbolchisi o'z darvozasiga kiritib qo'ygan. 


2015 yil. Guruhda uchinchi o'rin 

OCHLning 2015 yilgi mavsumi O'zbekistondan to'rtta jamoa qatnashgani bilan yodda qolgan deya olamiz. Lekin hech bir klubimiz keyingi bosqichga chiqa olmagan. “Bunyodkor” va “Lokomotiv” to'rtinchi o'rin, “Paxtakor” bilan “Nasaf” esa uchinchi o'rin bilan guruhda qolib ketishadi.

SHunday bo'ladiki, “Nasaf” BAAning “Al Ahli” klubi bilan bir xil 8 ochko to'plab ham guruhdan chiqa olmaydi. CHunki o'zaro o'yinlarda “Al Ahli” to'rt ochko jamg'aradi. O'sha yil guruhdan ikkita “Al Ahli” keyingi bosqichga chiqqandi. 

Umuman olganda “D” guruhidan joy olgan “Nasaf” o'z o'yinlarini “Traktorsozi” (Eron), “Al Ahli” (BAA), “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) kabi klublarga qarshi o'tkazib, shundan ikkitasida g'alabaga erishadi, ikki bor durang o'ynab yana ikkita bahsda yutqazib qo'yadi. 

To'plar nisbati 5-5. “Nasaf” o'sha yil “Traktorsozi” klubini har ikkala bahsda ham mag'lub eta olgan. “Nasaf”ning beshta goliga Artur Gevorkyan (3ta), Ilhom SHomurodov va Hamza Karimovlar mualliflik qilishgandi. 

2016 yil. Guruhda oxirgi o'rin 

2016 yil ham OCHLda bizdan to'rtta jamoa ishtirok etgan. O'sha yil faqat “Lokomotiv” muxlislar ishonchini qozona olgandi. CHunki jamoa birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olgan. “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” esa guruhda qolib ketishgan. 

“Nasaf” uchun 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi bahslari yana omadsiz kelib, jamoa oxirgi o'rin bilan cheklanib qoladi. Yana “D” guruhiga tushgan “Nasaf” “Al Jayish” (Qatar), “Al Ayn” (BAA), “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) klublariga qarshi bahs olib borganini ko'pchilik yaxshi eslaydi. 

Lekin jamoa atigi besh ochko to'plab guruhda qolib ketadi. “Nasaf” bitta o'yinda g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynaydi va uchta bellashuvda mag'lub bo'ladi. To'plar nisbati 4-7. O'sha yil “Nasaf”ning yagona g'alabasi Qarshida “Al Ahli” ustidan 2:1 hisobida qo'lga kiritilgandi. “Nasaf”ning to'rtta golidan ikkitasi Bobir Abduxoliqov, yana ikkitasi Maqsud Karimov hisobiga yoziladi. 

Bu yil nima bo'ladi? 

Yuqorida aytib o'tganimizdek, mana endi bu yil “Nasaf” o'z tarixida to'rtinchi marta OCHL guruh bosqichida qatnashadi.  “S” guruhida kurash olib boradigan "Nasaf"ning raqiblari anoyilardan emas - “Persepolis” (Eron), “Al Vasl” (BAA) va “Al Sadd” (Qatar). 

Jamoalarga nazar tashlar ekanmiz, qarshiliklar yana qiyin guruhdan joy olgan deya olamiz. CHunki “Persepolis”ning qanday kuchga egaligini hamma biladi, “Al Sadd” tarkibida mashhur Xavi o'ynayotganidan xabarimiz bor. Faqat “Al Vasl” birmuncha jumboqdek ko'rinayotgan bo'lishi mumkin, lekin bu jamoaning kuchini ham “Nasaf” bilan kechadigan o'yinlarda bilib olamiz. 

“Nasaf”ning shu paytgacha guruh o'yinlarida uch marta ishtirok etgani-yu, ammo hech birida guruhdan chiqa olmaganini yuqorida eslab o'tdik. Endi bo'lsa muxlislarni bir savol o'ylantirmoqda: to'rtinchi ishtirok qanday bo'ladi? SHu o'rinda doimgidek eng yaxshisidan umid qilamiz va “Nasaf” bilan bir qatorda “Lokomotiv”dan ham Osiyo chempionlar ligasida ijobiy ishtirokni kutib qolamiz.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика