G'ulom O'runovga “Dinamo” xaridor
14 dek 2013 17:59
Yangiliklar


G'ulom O'runovga “Dinamo” xaridor
Tayanch yarim himoyasida ishonchli o'yinlari evaziga ko'pchilikni etiboriga tushgan G'ulom O'runov ham “Neftchi”ni tark etgan navbatdagi futbolchiga aylandi.
Davralar oralig'ida “Paxtakor”dan farg'onaliklarga transfer qilingan futbolchining amaldagi shartnomasi tugadi.
SHu bois O'runov ayni paytda erkin agent maqomiga ega.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, G'ulom “Dinamo” murabbiylari qiziqishi doirasidan o'rin olgan futbolchilar qatorida turibdi.
Bu bejiz emas albatta, chunki ushbu jamoani boshqarib kelayotgan Ravshan Haydarov futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.
Ilgari Ravshan Akmalovich “Qizilqum”da ishlagan kezlarida ham O'runovni jamoasiga jalb etgani so'zimizga isbot bo'lsa ajab emas.
Katta extimol bilan bularning yo'llari Samarqand jamoasida ham kesishadigan bo'lib turibdi.
Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fikrlar