"Guliston" o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda
10 jan 2014 16:00
Yangiliklar

"Guliston" o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda
Mavsum-2013 omadsizi "Guliston" ayni paytda o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda.
O'quvchilarimizga yaxshi malumki, jamoa oliy ligani tark etganidan keyin asosiy tarkibning bir qator azolari elita klublari yig'iniga borib qo'shilmoqda. Xususan Bobur Akbarov bilan Alisher SHog'ulomov "Bunyodkor" bilan shartnoma imzoladi. Rabbim Hasanov esa ayni damda "So'g'diyona" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Istedodli hujumchi Dilmuhammad Xudoyberdiev "Neftchi"ga borib qo'shilgan. Nodir Teshaboev esa "Navbahor" yig'inida qatnashayotgani to'g'risida malumotlar bor.
"Guliston" klubining ijrochi direktori Hasanboy Egamberdievning "SA"ga xabar berishicha, jamoa dekabr oyining oxirlarida yig'ilib tayyorgarlikni boshlagan. Yangi yil bayramidan so'ng esa ikkinchi yig'inga kirishilgan. Mashg'ulotlarni mahalliy murabbiy Aleksandr Lushin o'tkazmoqda Unga yosh murabbiy Boburmirzo Usmonov assisentlik qilmoqda.
SHuningdek jamoa rahbari yig'inda asosan mahalliy yosh futbolchilar ishtirok etayotganini ham malum qildi.

Fikrlar