Gruziya pley-offga chiqdi, odamlar esa ko'chaga
27 iyu 12:01
Yangiliklar
Gruziya pley-offga chiqdi, odamlar esa ko'chaga
Gruziya terma jamoasi "Evro"da muvaffaqiyat qozongach, Tbilisining o'ng minglab fuqarolari bayram qilish uchun ko'chaga chiqishdi.
Gruziya poytaxti fuqarolari shaharning markaziy ko'chalarini to'ldirib, terma jamoa muvaffaqiyatini nishonlashdi. Avtomobillar signallari tinmas, bazi yo'llarda harakat to'xtab qoldi. Jumladan, Kura daryosining o'ng va chap qirg'oqlarida transport harakati butunlay to'xtatildi. Tbilisining chekka hududlarida ham shunga o'xshash vaziyatlar sodir bo'ldi. Poytaxtning Gldani tumanida avtomobil shinavandalari drift-shou tashkillashtirishdi. Odamlar Gruziya bayrog'i bilan futbol terma jamoasini qo'llab-quvvatlovchi hayqiriqlarni aytib yurishdi.
Eslatib o'tamiz, Gruziya terma jamoasi 3-turda Portugaliya (2:0) mag'lubiyatga uchratib, guruhda uchinchi o'rinni egalladi va pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Fikrlar