

Portugallar Chexiyaga qarshi birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, Fransisko Konseysauning 90+2 - daqiqadagi goli evaziga irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu esa o'zining oltinchi Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda. Shu vaziyatdan foydalanib Portugaliyaning Ronaldu ishtirok etgan davrdagi Evroga borgan tarkiblarini keltirib o'tamiz. Qaysi yilgi tarkib kuchliroq ekanligiga o'zingiz baho berasiz.

Portugaliyaning Evro-2004 dagi tarkibi. Musobaqaning finalida Gretsiyaga 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan.

Evro-2008 dagi tarkib. Musobaqaning chorak finalida Germaniyaga 2:3 hisobida imkoniyat boy berilgan.

Evro-2012 dagi tarkib. Musobaqaning yarim finalida Ispaniyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lingan. O'sha seriyada Ronaldu beshinchi bo'lib zarba berishi kerak bo'lgan, lekin ungacha navbat yetib kelmagan. Chunki, Moutino va Brunu Alvesh seriyada xato qilgan va ispanlar Krishtianuning zarbasiga g'alabani ilib kyetishgan.

Evro-2016 dagi tarkib. Natija: Chempionlik!

Evro-2020 dagi tarkib. Musobaqaning nimchorak finalida Belgiyaga 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan.

Evro-2024 dagi tarkib. Bu tarkib qaysi bosqichgacha yetib borar ekan?



