Gruziya Oliy ligasi. O'zbekistonlik futbolchi debyut golini urgan o'yinda "Torpedo Kutaisi" mag'lub bo'ldi
13 apr 2021 11:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630693_original.jpg)
![](/upload/storage/630693_220.jpg)
Gruziya Oliy ligasi. O'zbekistonlik futbolchi debyut golini urgan o'yinda "Torpedo Kutaisi" mag'lub bo'ldi
Hamyurtimiz Murod To'ychiboev to'p tepayotgan Gruziyaning "Torpedo Kutaisi" jamoasi ichki chempionat bahslarida navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.
Tibilisining "Lokomotiv" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda To'ychiboevning jamoasi 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'zbekistonlik yarim himoyachi ushbu uchrashuvda to'liq o'ynadi va jamoadagi debyut golini urdi.
Sakkizinchi turdan so'ng "Torpedo Kutaisi" turnir jadvalida 10ta jamoa orasida 9 o'rinni egallab turibdi. Klub joriy mavsum hali g'alaba qozonmadi. 5ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etgan. Murod To'ychiboev bunga qadar bitta golga ham assistentlik qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar