Grizmann: “Yuventus” har jabhada bizdan kuchli edi”
13 mar 2019 09:54
Yangiliklar


Grizmann: “Yuventus” har jabhada bizdan kuchli edi”
Antuan ham Turin klubidan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz o'zimiz xohlagan o'yinni ko'rsata olmadik. Natijada “Yuventus”ning ishini osonlashtirib berdik. Hammaning hafsalasi pir bo'ldi, chunki biz o'ynamadik. Bizning harakalatimiz etarli emasligini birinchi bo'lim men aytdim. Biz noto'g'ri temp olgandik. “Yuventus” esa har jabhada bizdan kuchli edi. Birinchi o'yinda 2:0 ga yutgandik. Nima bo'lganini esa bilmayman. Bu menga xuddi “Bavariya” bilan o'yinnni eslatib yubordi, ammo o'shanda biz o'yinimizga bazi o'zgartirishlar kirita olgandik”,—deydi Antuan Grizmann.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar