Grizmann va Loris JCHda Benzema bo'lishini istamagan
20 dek 2022 18:33
Yangiliklar
Grizmann va Loris JCHda Benzema bo'lishini istamagan
Franciya termasining bazi futbolchilari Karim Benzemaning JCH-2022da maydonga tusha olmaganidan faqat xursand bo'lgan.
Jurnalist Romen Molinaning malumotiga ko'ra, hujumchi Antuan Grizmann va darvozabon Ugo Loris Qatardagi mundialda Franciya termasi safida Benzema bo'lmasligidan ayniqsa mamnun bo'lishgan. Bu futbolchilar Karimning termaga qaytishini umuman qabul qilishni istamagan, sababi o'zlarini hozirgi jamoa etakchilari deb hisoblashadi.
Avvalroq "Real" hujumchisi Franciya termasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.
Karim umumiy hisobda milliy terma safida 97 ta o'yinda maydonga tushgan va 37 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar