Grizmann: "Menga berilgan har bir daqiqada borimni beraman"
08 sen 2022 08:15
Yangiliklar


Grizmann: "Menga berilgan har bir daqiqada borimni beraman"
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Portu" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu mening qo'limda emas. Albatta ko'prog'ini istayman, ammo menga taqdim etilgan har bir daqiqada borimni beraman. Bu erda ekanligimdan xursandman. Klub uchun, CHolo uchun (izoh - Simeone), muxlislar uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Zavq oling", - dedi Grizmann.
Eslatib o'tamiz, agar futbolchi ikki mavsum davomidagi 50 foiz o'yinning kamida 45 daqiqasida harakat qilsa, "Atletiko" Grizmanni "Barselona"dan sotib olishga majbur.
Kecha o'tkazilgan o'yinda Grizmann 61-daqiqada maydonga tushirildi va so'nggi daqiqada jamoasining g'alabali goliga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar