Grizmann allaqachon "Atletiko" mashg'ulotlarida qatnashmoqda
26 dek 2022 11:06
Yangiliklar


Grizmann allaqachon "Atletiko" mashg'ulotlarida qatnashmoqda
Hujumchi payshanba kungi "Elche"ga qarshi bahsga tayyor.
Hujumchi Antuan Grizmann JCH-2022 finalidan so'ng bir necha kun mashg'ulot o'tkazdi.
Franciyalik futbolchi 18 dekabr kuni Argentinaga qarshi Jahon chempionati hal qiluvchi bahsida (3:3, penaltilar bo'yicha – 2:4) ishtirok etganidan so'ng chorshanba kuni "Atletiko"da individual mashg'ulotlarni boshladi.
Grizmann juma kundan beri madridliklar bilan mashg'ulotlarda qatnashmoqda va 29 dekabr kuni La Liganing 15-turida "Elche"ga qarshi o'yinga tayyor.
"Atletiko" azosi sanalmish JCH-2022ning yana to'rt nafar ishtirokchisi – argentinaliklar Rodrigo De Paul, Anxel Korrea, Nauel Molina va xorvatiyalik Ivo Grbich mashg'ulotlarni faqat bugundan boshlashlari kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar