Grinvud Angliya terma jamoasida boshqa o'ynamaydi
07 mar 2025 14:04
Yangiliklar
Grinvud Angliya terma jamoasida boshqa o'ynamaydi
Meyson Grinvud Yamayka terma jamoasi uchun o'ynashga qaror qildi.
"Marsel" vingeri sport fuqaroligini o'zgartirish bo'yicha rasmiy murojaat yo'lladi. Bu haqda Angliya futbol associaciyasining ijrochi direktori Mark Bullingem xabar berdi.
Grinvud Angliya terma jamoasi tarkibida faqat bir marta – 2020 yil sentyabrida o'ynagandi. 2024 yil avgustida u Yamayka terma jamoasiga o'tish jarayonini boshladi va endi Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin emas.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 24 o'yinda 15ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar