Grilish "Manchester Siti"ga o'tishi amalga oshmasa, "Aston Villa" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor
03 avg 2021 10:26
Yangiliklar
Grilish "Manchester Siti"ga o'tishi amalga oshmasa, "Aston Villa" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Siti"ning qiziqishiga qaramay, klubda qolishi mumkin.
O'yinchi ushbu haftada "Manchester Siti"ga transferi amalga oshmasa, "Aston Villa"ning yaxshilangan shartlarga ega shartnomasini qabul qilishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"SHaharliklar" 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun 100 million funt (117 million evro) to'lashga tayyorlar.
Grilish o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 12ta assist qayd etdi.
Fikrlar