Grilish: "Manchester Siti" Angliyaning eng yaxshi jamoasi, Pepni esa jahonning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblashadi"
06 avg 2021 09:13
Yangiliklar
Grilish: "Manchester Siti" Angliyaning eng yaxshi jamoasi, Pepni esa jahonning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblashadi"
Yarim himoyachi Jek Grilish "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men "Manchester Siti" futbolchisiga aylanganimdan judayam xursandman. Bu mamlakatning eng yaxshi jamoasi va jahonda eng yaxshi deb tan olinadigan murabbiyga ega. SHunday klubning bir qismi bo'lish - orzuning amalga oshishidir.
So'nggi 10 yilda jamoa muntazam ravishda yirik sovrinlar yutmoqda. Pep murabbiy bo'lganidan so'ng jamoa yangi darajaga ko'tarildi.
Pep qo'l ostida o'ynash, undan o'rganish ajoyib. Buni har qanday top futbolchi istaydi.
Klubdagi sharoitlar ajoyib, ishni boshlashni, jamoa bilan tanishib, o'yinlarda qatnashishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Grilish.
Fikrlar