Grilish "Aston Villa" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
06 iyu 2021 08:38
Yangiliklar
Grilish "Aston Villa" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Grilish "Aston Villa"da kamida ikki yil qolishi mumkin. Tomonlar amaldagi bitimni 2025 yilga qadar uzaytirishni muhokama qilishmoqda.
"Villa" o'z etakchisini saqlab qolmoqchi va yangi bitim ehtimoliy xaridorlarni "qo'rqitishini" xohlamoqda.
Angliyalik futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 12ta assist qayd etdi.
Fikrlar