So’nggi yangiliklar

16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  0 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  2 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  0 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  2 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  16 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  1 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  8 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  13 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3

Grigoriy Kolosovskiy: "Penalti o'yinni burilishi desak noto'g'ri bo'lmaydi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Penalti o'yinni burilishi desak noto'g'ri bo'lmaydi"

"Bunyodkor" hamda "Paxtakor" uchrashuvidan (3:0) so'ng, "sherlar" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin tomoshabop bo'ldi. Birinchi bo'limda ustunlik biz tomonda bo'ldi, ikkinchisida esa aksincha. Himoyadagi xatolar tufayli gol o'tkazib yubordik. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa o'z xatolarimiz ustida ishlaymiz. 3 kundan so'ng bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. Ushbu bahs faqat biz uchun emas, balki butun O'zbekiston juda qimmatlidir.

To'pga 70% yoki 80% egalik qilish mumkin, ammo gol bo'lmasa barchasi befoyda. To'pga egalik qildik, ammo to'liq imkoniyat emas, yarim imkoniyatlar yarata oldik.

Nikita so'nggi uchrashuvlarda ko'p darvozasini tashlab chiqib ketyapti? Faqat uni ayblash niyatimiz yo'q. 2 golda u shunga majbur edi. O'yinni tahlil qilib, bunga o'xshash vaziyatlar takrorlanmasligiga umid qilamiz. Ribkin istiqbolli, kuchli darvozabon.

Akobir To'raev va Berdiev? Ular maydonga tushmayotgagnining sababi murabbiylar shtabi qarori. Anvar Soliev yuqori saviyali futbolchi ekanligiga hech kim shubha qilmasa kerak.

Azim Ahmedovga keladigan bo'lsak, Kamoliddin Tojievning sariq kartochkalari soni ko'payib ketgan edi, shu sababli uni himoyaga qo'ydik.

Penalti o'yinni burilishi desak noto'g'ri bo'lmaydi. Goldan so'ng "Bunyodkor" futbolchilarida o'ziga bo'lgan ishonch ortib ketdi. Boltaboev qo'li bilan o'ynamoqchi emasdi, ammo to'p uning qo'lini topdi deyish to'g'ri bo'lsa kerak.

Bugungi mag'lubiyat muhim o'yin oldidan jamoaga tasir qiladimi? 3 may kunigacha o'zimizga kelib olishimiz va o'sha bahsda o'zimizning kuchli o'yinimizni namoyish etishimiz kerak. Yaxshi tayyorgarlik ko'rib, bu bahsda finaldagidek harakat qilamiz

Muxlislar va jurnalistlarga minnatdorchilik bildiraman" - deydi Kolosovskiy.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика