So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  9 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  9 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  5 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Grigoriy Ceytlin: 29 dekabrgacha barcha bilan hisob-kitob qilinadi Yangiliklar

Grigoriy Ceytlin: 29 dekabrgacha barcha bilan hisob-kitob qilinadi

SHu kunlarda oliy liga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni o'z qarorgohlarida olib borishyapti.

Yangi yil bayramiga qadar davom etadigan taraddud tiklanuvchi mashg'ulotlarga asoslangan. Yanvar oyidan boshlab to'laqonli mashg'ulotlar, nazorat uchrashuvlari bilan tayyorgarlik davom ettiriladi. Jumladan, amaldagi mamlakat chempioni Paxtakor ham 20 dekabrdan yana bir chempionlik himoyasi mavsumiga tayyorgarlikni boshladi. Mashg'ulotlar iqlim sharoitiga qarab Yoshlik arenasi hamda Paxtakor stadionida olib borilyapti. Yanvar oyida BAAda ikki haftalik yig'in va uning doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Biz mavsumga tayyorgarlik, tarkibdagi o'zgarishlar, OCHL va chempionat qurasiga bo'lgan munosabat mavzusida klub sport direktori Grigoriy Ceytlindan intervyu oldik.

- Grigoriy Semyonovich, avvalambor, sizni va Paxtakorning katta ahil jamoasini chempionlik mavsumi bilan tabriklaymiz. Suhbatimiz avvalida mavsum sarhisobi haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Bilasizmi, hamisha chempion bo'lishdan ko'ra uni himoya qilish qiyin kechgan. CHempionlik uchun kurashadigan jamoalarning bu yilgi saviyasidan kelib chiqib aytsam, o'zi avvalboshdan oson bo'lmasligi aniq edi. Ayniqsa, Lokomotiv va Nasaf oltin medallar uchun kurashda oxirigacha jiddiy raqobatni yuzaga keltirishdi. Goh Lokomotiv, gohida biz turnir jadvalida peshqadamlik qildik. Kutilmagan o'yinlarda biz ham, ular ham ochko yo'qotishdi. CHempionatimiz har yilgidan ham qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. So'nggi turda chempionlik unvonini rasmiylashtirganimizning o'ziyoq fikrimni isbotlab turibdi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrdan boshladinglar. Yanvar va fevral oyidagi hozirlik rejasi haqida ham malumot bersangiz.

- Yangi yil bayramigacha Toshkentda shug'ullanamiz. Mashg'ulotlarimiz ob-havoga qarab Yoshlik arenasi hamda Paxtakor stadionida o'tkazilyapti. Yanvar va fevral oylarida BAAda ikkita xorij yig'ini tashkil etiladi. Bu yig'inlarning kunlari aniq bo'lib ulgurgan. Hozir o'rtoqlik uchrashuvlari uchun bir nechta jamoalar bilan muzokara olib boryapmiz. Tabiiyki, ular xorij klublari bo'ladi. SHu ikki yig'inimiz OCHL bahslari, O'zbekiston chempionati va kubogi uchun asosiy tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab beradi.


- Oliy ligaga qura tashlanib, jamoalar turlar bo'yicha o'z raqiblarini bilib olishdi. Paxtakor mavsumni ketma-ket uy uchrashuvlari bilan boshlaydi. Umuman, qura haqida qanday fikrdasiz?

- Bundan avvalgi mavsumlarni aksincha, ketma-ket ikkita safar o'yini bilan ham boshlaganmiz. Buning hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q. Baribir, har bir jamoa bilan uy-safar tizimida o'yin o'tkazishimiz kerak. Lekin mavsum avvalidagi ikkita uchrashuvni o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida o'tkazishimiz ijobiy holat. Muxlislar ham qishki tatildan so'ng ancha futbolni sog'inib qolishadi. Ularga futbol va g'alaba quvonchini ulashishga harakat qilamiz. Ke-yin yana bir jihati borki, OCHL o'yinidan so'ng o'z maydonimizda ketma-ket ikkita o'yin o'tkazishimiz juda yaxshi holat. SHulardan kelib chiqib aytishim mumkinki, qura biz uchun omadli keldi.

- Paxtakor uchun guruh bosqichidagi raqiblarni tanlab bergan OCHL qurasi haqida nima deysiz?


- Bu borada ham deyarli shunday fikrdaman. Guruh o'yinlari uy-safar tizimida o'tkaziladi. Biz uchun tanish raqiblar. Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, qura hech qanday shov-shuvli holatni tuhfa qilgani yo'q.

- Eshitishimizga qaraganda, tez orada Paxtakorni asosiy tarkibning bir necha etakchi futbolchilari tark etar ekan. Ular orasida chempionat to'purari Igor Sergeev, jamoa sardori Kaxi Maxaradze, shuningdek, Egor Krimec, SHerzod Karimov, Aleksandr Merzlyakov kabi futbolchilar bor emish. Bu malumot qanchalik haqiqatga yaqin?


- SHuni aytishim mumkinki, hozircha bu gaplar rasmiy asosga ega emas. Hech bir futbolchi rasman Paxtakorni tark etgani yo'q. Ha, siz aytgan o'yinchilarga boshqa klublardan jiddiy takliflar bo'lyapti. SHartnomalari yakunlangan futbolchilar bor. Ular bilan muzokara olib boryapmiz. Tez orada bu masalaga oydinlik kiritiladi.

- Igor Sergeevning keyingi faoliyati haqida to'liqroq malumot bersangiz. Uning ijara asosida Yaponiyaning Sanfrechche Xirosima klubiga o'tishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi...


- Olimpiya o'yinlariga yo'llanma berishi bilan ahamiyatli bo'lgan Osiyo chempionatini o'tkazib olganimizdan so'nggina Sergeev transferida muzokaralarni boshlaymiz.

- Yaqinda Kaxi Maxaradze bilan suhbatlashganimizda yangi mavsumni katta ehtimol bilan boshqa klubda boshlashini aytdi. Jamoa sardorining bu qaroriga qanday munosabat bildirasiz?


- Kaxi hali Toshkentga kelmadi, tabiiyki, mashg'ulotlarda ham ishtirok etmayapti. Bayramni o'tkazib olgach, jamoa ixtiyoriga etib kelishini aytdi. O'ylaymanki, u Paxtakorda qoladi. SHuningdek, SHerzod Karimovning Bunyodkorga o'tishi haqidagi gap-so'zlar shunchaki mish-mish.

- Jamoa mashg'ulotlarida yangi futbolchilar ko'rikdan o'tayotgan ekan...


- Xuddi shunday. Suhrob Berdievni tarkibga jalb qildik. SHuningdek, Buxoro jamoasidan 1996 yilda tug'ilgan yosh futbolchi ham ko'rikdan o'tmoqda. Tez orada yana yangi o'yinchilar safimizga qo'shilishi kerak.

- Qura tashlash marosimida PFL bosh direktori Farhod Magometov jamoa rahbarlariga 29 dekabrgacha muddat berdi. Agar shu sanagacha mavjud qarzdorlik yopilmasa, Paxtakor oliy ligadan chetlatilarkan. Sizningcha, bir haftada vaziyat ijobiy tomonga o'zgararmikan?


- Albatta. Bu masalada klub rahbariyati ish olib boryapti. Har qanday holatda ham Paxtakor rahbarlari Yangi yilgacha barcha bilan hisob-kitobni to'liq amalga oshiradi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика