So’nggi yangiliklar

08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  0 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  0 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  1 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  153 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  7 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  45 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  14 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11

Grexem Arnold: "Ertaga futbol o'ynaydigan jamoaga qarshi bahs olib boramiz" Yangiliklar

Grexem Arnold: "Ertaga futbol o'ynaydigan jamoaga qarshi bahs olib boramiz"

Ertaga Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Avstraliya bahsi bo'lib o'tadi.

Bu o'yin Al Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayed" stadionida kechadi va Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Bugun stadion hududidagi konferenciyalar zalida o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grexem Arnold va jamoa himoyachisi Aziz Behich ishtirok etdi. 

Grexem Arnold (bosh murabbiy): "Musobaqada ishtirokimizni davom ettirayotganimizdan xursandmiz. Osiyo Kubogi yaxshi davom etyapti, o'yinlar yoqyapti, BAAda shaharlar chiroyli, xullas hammasi ajoyib. Guruh bahslari ortda qoldi va ertaga 1/8 final bosqichida o'ynaymiz. Suriya bilan o'yindan keyin besh kun dam oldik va navbatdagi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga O'zbekiston bilan juda chiroyli o'yin guvohi bo'lamiz degan umiddaman".


Aziz Behich (himoyachi): "Bosh murabbiyimiz aytib o'tganidek hammasi yaxshi bo'lyapti. Ertangi bellashuvga qizg'in hozirlik ko'rdik. Yigitlarning kayfiyati joyida. Ertaga yanada chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz". 

Aziz Behichga savol: - Bir qator yosh futbolchilar musobaqaga ilk marta kelgan. Ular o'zlarini qanday his qilyapti?
- Yoshlar ham o'zlarini ko'rsatishga harakat qilyapti. Guruh o'yinlarida jamoa sifatida iliq taassurot qoldirdik deb o'ylayman. Bunday katta turnirda tajriba albatta oshib boradi va Osiyo Kubogi yoshlar uchun ham foydali musobaqaga aylanadi. 

Aziz Behichga savol: - O'zbekiston terma jamoasi guruh o'yinlarida 7ta gol urdi. Bundan xavotirdamisiz?
- Har bir jamoa ko'proq gol urishga harakat qiladi. Biz raqibning o'yinlarini o'rganib chiqdik. O'zbekiston terma jamoasining hujumi menda iliq taassurot qoldirdi. Albatta, himoyachi bo'lganim uchun raqibning hujum chizig'iga ko'proq etibor qaratdim. Lekin ko'p ham xavotirda emasman, hammamiz o'yinni xotirjamlik bilan kutyapmiz. 

Aziz Behichga savol: - Raqib tarkibida qaysi futbolchilarni ajratib ko'rsata olasiz?
- Biz raqibni nomma nom emas, balki jamoa sifatida o'rgandik. SHu bois alohida nomlarni ayta olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin, O'zbekiston jamoa sifatida kuchli. 


Grexem Arnoldga savol: - Suriya bilan bahsdan so'ng navbatdagi bellashuvga tayyorgarlik qanday olib borildi?
- Al Aynga kelganimizga etti kun bo'ldi va ertaga o'yin bo'ladigan stadionda bitta uchrashuv o'tkazishga ulgurdik. Suriyani mana shu stadionda mag'lub etdik. O'yindan so'ng futbolchilarga biroz hordiq berdim. SHundan so'ng yana mashg'ulotlarni boshladik. Ko'proq hujum ustida ishladik. Hujum chizig'idagi bazi muammolarni hal qilib olishimiz kerak. 

Grexem Arnoldga savol: - Jamoaning kayfiyati qanday?
- Hammasi joyida. Men sevimli ishim bilan shug'ullanyapman, jamoani boshqaryapman, futbolchilar ham yoqtirgan ishlari bilan shug'ullanishyapti. Muhimi, guruhdan chiqib oldik va buyog'iga pley-offda oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. 

Grexem Arnoldga savol: - Jamoa Iordaniyaga gol ura olmagandi, biroq keyingi ikkita uchrashuvda 6ta to'p kiritdi.
- Ha, shunday. Bu esa jamoa yaxshi odimlayotganidan darak beradi. Raqib jarima maydonchasi ichida yanada xavfliroq bo'lishimiz kerak deb
o'ylayman. 

Grexem Arnoldga savol: - Avstraliya guruh o'yinlarini uchta arab jamoasiga qarshi o'tkazdi. Endi bo'lsa nimchorak finalda Markaziy Osiyo jamoasiga qarshi o'ynaydi. Bu uchrashuv avvalgilardan farq qiladimi?
- SHuni aytishim mumkin, nihoyat yaxshi futbol o'ynaydigan jamoa bilan to'qnash kelganimizdan xursandmiz. O'zbekiston - futbol o'ynaydigan jamoa. Arablarda o'yin uslubi bir-biriga o'xshash: ular asosan yuqoridan to'pni uzatadi va shundan keyin kurashga kirishadi. O'zbekiston terma jamoasi erdan o'ynashni yoqtiradi. Bu biz uchun ham qulay. 

- Ertaga Mettyu Leki zaxirada qoladimi?
- Ha, shunday. CHunki uni hamon jarohat qiynayapti. Lekin Josh Rizdon bilan Trent Seynsburi o'zlarini ancha yaxshi his qilmoqda va ular ertangi bellashuvga tayyor.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика