So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Grem Potter: "Istalgan statistikani qarang, biz zo'rmiz. Faqat natija yomon bo'lyapti" Yangiliklar

Grem Potter: "Istalgan statistikani qarang, biz zo'rmiz. Faqat natija yomon bo'lyapti"

"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potter "Aston Villa"ga qarshi o'yindan keyin jamoaning o'yin sifati yuqori darajada ekanligini aytdi.

Londonliklar kecha APLning 29-turi doirasida "Aston Villa"ga mag'lub bo'lgan o'yinda darvoza tomon 29 marta zarba yo'llagan.

"Asosiy hisob bizning foydamizga bo'lmayapti holos. Buning ustida ishlash kerak.

Futbolchilar maydonda bor kuchini ishlatishdi, masuliyatni bo'yniga olib, jarima maydonchasiga kirib, ko'plab zarbalar yo'llashdi. Biroq o'tkazib yuborilgan birinchi gol bizga salbiy xissiyotlar taqdim qildi. Ikkinchi taymni yuqori darajada boshlaganimizdan keyin ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Bu ham bizning ruxiy holatimizga tasir o'tkazdi. Ammo taslim bo'lmasdan vaziyatlar yaratishda davom etdik.

Agarda istalgan statistikani qaraydigan bo'lsak, biz zo'rmiz. Biroq yakuniy natija bizning kayfiyatni buzyapti.

Mag'lubiyatlardan keyin doimo kayfiyatsizlik hukmron bo'ladi. Ammo bir qadam oldinga tashlaganimizni sezyapman. Kelajakda bundan ham ko'proq vaziyat yaratishimiz mumkin. Lekin himoyada raqiblarga ko'p hududlarni ochib qo'ydik. Biroq shu orqali ko'p vaziyatlar yarata oldik. Biroq o'yindagi asosiy element - golni bu o'yinda ikkinchi planga tushirib qo'ydik.

Boshqalarni ayblashni yoqtirmayman, bor javobgarlikni bo'ynimga olaman. Biz - jamoamiz, barcha jihatda birdammiz. Birgalikda yutamiz va birgalikda mag'lub bo'lamiz.

O'zimizga kelib olib, navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Mening yakuniy javobim barchaga tushunarli bo'ldi deb o'ylayman", - "CHelsi" ustozi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика