Grem Potter – ECHL mavsumi davomida 5 ta o'yinda g'alaba qozongan ikkinchi ingliz mutaxassisi
08 mar 2023 08:35
Yangiliklar


Grem Potter – ECHL mavsumi davomida 5 ta o'yinda g'alaba qozongan ikkinchi ingliz mutaxassisi
CHempionlar Ligasi javob bahsida “CHelsi” 2:0 hisobida “Borussiya D”ni dog'da qoldirdi va ikkini o'yin natijasiga ko'ra, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
“Aristokratlar” ustozi Grem Potter musobaqaning joriy mavsumidagi g'alabalarini beshtaga etkazib oldi. Oldinroq, londonliklar “Milan” (3:0, 2:0), “RB Zalcburg” (2:1) hamda “Dinamo Z”ni (2:1) mag'lub etishgandi.
SHu tariqa, Potter ECHL mavsumi davomida beshta o'yinda muvaffaqiyatga erishgan ikkinchi ingliz mutaxassisiga aylandi. Avvalroq, bunga Bobbi Robson 2002/03 yilgi mavsum “Nyukasl”dagi boshqaruvida erishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar