Granit Jaka: "Arsenal" hozir juda xavfli"
21 okt 2022 12:53
Yangiliklar
Granit Jaka: "Arsenal" hozir juda xavfli"
Evropa Ligasi doirasidagi PSV bilan o'yinda "Arsenal"ga g'alaba keltirgan yarim himoyachi Granit Jaka fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizda talaygina imkoniyatlar bo'ldi. To'pni o'zimizda saqlab qolib, vaziyatlar hosil qildik. O'ylaymanki, g'alabaga loyiq edik.
Raqibda bizni qarshi hujumlarda mag'lub etish imkoniyati borligini bilardik, ammo bunga qarshi turishni udalladik.
Ayni damda hammasi zo'r ketmoqda, lekin bu biz uchun kutilmagan holat emas – biz juda ko'p ishlarni qildik. Jamoa bo'lib g'alaba qozonamiz va mag'lub bo'lamiz va biz hozir juda xavflimiz. Pley-offga chiqmoqchi edik va natijadan juda xursandmiz", – dedi Jaka.
Fikrlar