So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  3 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

Grandlar kurashishi aniq bo'lgan APLning 5 futbolchisi Yangiliklar

Grandlar kurashishi aniq bo'lgan APLning 5 futbolchisi

Bu yozda APL jamoalarining transferlari odatdagidanda qaynoqroq bo'lishi kutilmoqda.

Gap bazi top-jamoalarning inqirozi va eng yaxshi futbolchilarning klubni almashtirmoqchiligida. Angliyada TOP-6ga kirmaydigan jamoalar orasida elitaga yaqin bo'lgan futbolchilar paydo bo'ldi va ayni damda ularni grandlar bilan bog'lashmoqda.

Bazi futbolchilarga davogarlar soni bitta bo'lgani uchun ular reytingga kiritilmadi, biroq bu o'yinchilarni bonus bo'limidan topasiz.


5. Rayan Sessenon, "Fulxem"

Angliyalik o'smir - U19 terma jamoalari o'rtasida Evropa chempioni, 17/18 mavsumda CHempionshipning eng yaxshi futbolchisi va oliy ligada o'ynamay PFAning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga davogarlik qilgan tarixdagi yagona o'yinchi. 17/18 mavsumda Sessenon 4400 daqiqa to'p tepdi, 16ta gol urdi va 8ta golli pas berdi. O'tgan yozda Rayanni ko'plab klublar sotib olmoqchi edi (masalan, "Tottenxem"), ammo "Fulxem" katta rejalar tuzib qo'ygandi.

Rejalar amalga oshmadi: Yokanovich kuchli, ammo bir-biriga mos bo'lmaydigan futbolchilar uchun balans topa olmadi. Sessenonning ko'rsatkichlari tushib ketdi, 2300 daqiqa va "gol+pas" tizimida "2+6" ball. Rayan yaqindagina 19 yoshga to'ldi, uning raqamlari bu davr uchun yomon emas, u xatto qanot himoyachisi va hujumchisi rollarini ham bajara oladi. Har qanday top-klub bu yigitchani "cho'kayotgan kemadan" qutqarib olishni istaydi.


4. Garri Maguayr, "Lester Siti"

Mourinyu bu gigantni yakunlangan mavsum oldidan xarid qilmoqchi edi, biroq o'shanda futbolchining narxi "Yunayted"ni cho'chitib yubordi. Bu yozda Angliya terma jamoasining JCH-2018dagi asosiy himoyachisi uchun ikkita "Manchester" kurashmoqda: Maguayr o'z darajasi va barqarorligini ko'rsatib, yana bir ajoyib mavsumni o'tkazdi.

Garri himoyada ishonchli harakat qiladi: U o'z kuchi evaziga himoyada kurashlar va havodagi janglarda g'alaba qozonish bo'yicha ligada ikkinchi bo'ldi (birinchi - van Deyk). Ammo Maguayr boshqa tarafi bilan ajralib turadi . U yaxshi pas beradi va to'p bilan ajoyib harakat qiladi. Maguayrni raqib jarima maydonchasi oldida to'p bilan ko'rib hayron bo'lmang.


3. Uilfrid Zaxa, "Kristal Pelas"

Luka Milivoyevich urgan 12ta golning 10tasi penaltidan kiritilgan. Serb buning uchun jamoadoshi - Zaxaga rahmat aytishi kerak, chunki aynan u 11 metrlik jarima zarbalarining katta qismini ishlab berdi. Gap ivuarlikning driblingida: U raqibni aldashga urinish bo'yicha ligada eng yaxshisi, bu aldab o'tishlar muvaffaqiyatliligi borasida faqat Azardan orqada. Zaxa "gol+pas" tizimi bo'yicha 10+5 ball ishladi va bu 12-o'rinni egallagan jamoa futbolchisi uchun ajoyib ko'rsatkich.


2. Romelu Lukaku, "Manchester Yunayted"

Belgiyalikning o'yini "Yunayted"da pasaydi deb o'ylarsiz. Ammo hammasi siz o'ylaganchalik yomon emas: Ha, "Everton" hujum tizimi Lukakuga mosroq edi, biroq Romelu "Manchester"da ham yomon natija qayd etmadi. Forvard o'tgan mavsum 2800 daqiqa ichida 16+7 ball ishladi, joriy mavsum esa 2100 daqiqada 12+0. Penaltilarni hisobdan chiqaradigan bo'lsak, Lukaku joriy mavsum yaxshiroq natija qayd etgan. Ammo belgiyalik Sulsherning rejalarida emas.

Unga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Agar esingizda bo'lsa, Konte 2017/18 mavsumda Romeluni "CHelsi"da ko'rmoqchi edi, ammo unga Moratani xarid qilib berishdi. Lukakuning natijalari biroz pasaygan mavsum italiyalik mutaxassisni havotirga solmayapti. Lukakuning narxi Milan klubi bosslarini hayron qoldirmasligi aniq. Belgiyalikka "Napoli" va PSJ ham qiziqmoqda, ammo Lukakuga "Inter" varianti maqul ko'rinadi.


1. Pol Pogba, "Manchester Yunayted"

APLning eng feli chatoq futbolchilaridan biri bo'lgan Pogba mahsuldorlik bo'yicha o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi (13+9) va odamlarni o'zi haqida yaxshi fikr bildirishga majbur qildi. Ammo Pogba urgan 13ta golning 7tasi penaltidan kiritilgan. O'n bir metrliklarni hisobga olmasak, 18/19 mavsum Pol uchun natija bo'yicha uchinchisi bo'ldi. "Yunayted" Sulsher qo'l ostida mag'lubiyatsiz seriya o'tkazganda franciyalik o'q uzishga muvaffaq bo'lgan, ammo ishlar yomonlashganidan so'ng u ko'rinmay qoldi. Pogba o'zining asosiy muammolari - to'psiz ishlash va raqib jarima maydonchasi yaqinida o'ynash istagidan qutila olmadi.


Nima bo'lganda ham Pogbaga "Real" qiziqish bildirmoqda, bundan tashqari "Yuventus" uni qaytarib olmoqchi. SHunga qaramay Sulsher o'zining asosiy yulduzini sotmoqchi emas - shu sababli "Yunayted" Polni faqat juda katta narxga sotishi mumkin.


Bonus - Eriksen ("Tottenxem") va Sane ("Manchester Siti")

Bu futbolchilarni boshqa kategoriyaga olganimizning sababi shundaki, ularga faqat bittadan klub qiziqmoqda.

Eriksen - to'pni o'z maydonidan raqib jarima maydonigacha "sudray" oladigan "Tottenxem"ning miyasi. Ajoyib qochishlar, himoyada ishlash sifatlari uni o'ziga xos pleymeykerga aylantiradi. Kristian - haqiqiy pressing mashina. Bunday futbolchini har qanday klub o'z safida ko'rishga intiladi, ammo "Tottenxem" shartnomasida bir yil qolgan futbolchini 100 mln. funtga pullamoqchi. Ayni damda faqat "Real" shuncha mablag' sarflashga tayyor (agar Pogbani xarid qilmasa). "Barselona"ning yarim himoyachilari etarlicha, katta rejalar tuzayotgan "Inter" esa moliyaviy feyr-pley muammosiga uchramoqchi emas. Daniyalik shartnomasini uzaytirmasa qishda unga bo'lgan talab oshib ketadi.


Sane - hali ham vunderkind. So'nggi avvalgi mavsumda u "gol+pas" tizimida 10+15 ball ishladi, ammo bu mavsum juda kam maydonga tushdi. Sabab - Gvardiolaning taktik o'zgartirishlari, biroq mavsum boshida Pep Leroyning mashg'ulotga bo'lgan munosabatidan norozi ekanligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgan edi. Joriy mavsum hal qiluvchi gol urgan ("Liverpul" darvozasiga) nemisga uning klubdagi holati yoqmayapti. Ammo Sanega faqat "Bavariya" davogarlik qilmoqda, biroq Leroyning narxi myunxenliklarga to'g'ri kelmayapti, ular "shaharliklar" bilan savdolalishga urinishmoqda.


"Bonus" kategoriyasidagi futbolchilarning muammosi - ularning narxi. Dunyoda bir futbolchi uchun 100 mln. evro to'lashga qodir bo'lgan klublar juda kam. Bunaqalar bor-yo'g'i 3ta: "Real", "Barselona" va PSJ. Biroq parijliklar moliyaviy feyr-pley tufayli transferlarda ehtiyotkor bo'lib qolishgan, "Barselona" esa transfer oynasi ochilgunigcha 90 mln. evro ishlatib bo'ldi va de Ligtni sotib olishga urinmoqda. Ular yana bir qimmat xaridni amalga oshirishmasa kerak. Bozorda elita darajasidagi futbolchilar ko'payib ketdi, ammo xaridor juda kam yoki yo'q.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика