Grand klublar qiziqish bildirgan ispaniyalik iqtidor Saudiya Arabistonida to'p tepishni afzal ko'rdi
24 avg 2023 15:19
Yangiliklar
Grand klublar qiziqish bildirgan ispaniyalik iqtidor Saudiya Arabistonida to'p tepishni afzal ko'rdi
"Selta" yarim himoyachisi Gabriel Veyga faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, ispan klubi "Al Ahli"ning taklifini qabul qilgan.
Ushbu transferni amalga oshirishda Saudiya Arabistoni jamoasi ustozi Mattias Yayssle jonbozlik ko'rsatgan. U 21 yoshli ispaniyalikni o'tishga ko'ndirgan.
"Al Ahli" dunyoning eng yaxshi iqtidorlari bilan shartnoma imzolashni davom ettirish niyatida.
Bungacha "Al Ahli"ga Roberto Firmino, Riyad Marez, Allan Sen-Maksimen, Eduar Mendi va Frank Kesse o'tgan edi.
Veyga 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar