Grand klublar nishonidagi futbolchi "Bolonya"ga o'tdi
21 jan 2020 22:26
Yangiliklar
Grand klublar nishonidagi futbolchi "Bolonya"ga o'tdi
"Kevo" yarim himoyachisi Emanuel Vinyato "Bolonya" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti malum qildi.
Takidlanishicha, 19 yoshli futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar "Kevo"da (ijara asosida) qoladi va yozda "Bolonya" bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Avvalroq Vinyatoga Evropaning bir qator etakchi jamoalari, jumladan, "Bavariya" va "CHelsi" qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.
Malumot uchun, mazkur futbolchi Italiya va Braziliya fuqaroligiga ega. U allaqachon ikkala mamlakat o'smirlar terma jamoasi uchun o'yinlarda maydonga tushishga ulgurgan.
Fikrlar