Gorecka - "Verder" bilan kechagi o'yin haqida: "O'tkazib yuborilgan gol bizni juda g'azablantirdi"

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 14:55
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka Bundesligada "Verder"ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Biz ishonchli o'yin namoyish etdik. Bremenda o'ynash har doim og'ir bo'lgan. So'nggi yillarda qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. Raqiblar chuqur himoyalandi, biz to'pni nazorat qildik.

O'yinda to'pga egalik qildik, raqib qarshi hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardik. O'tkazib yuborilgan gol bizni g'azablantirdi, chunki biz darvozamiz daxlsizdigini saqlab qolmoqchi bo'lgandik",- dedi Gorecka.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild