Gonkong U-23 murabbiyi muxlislarga murojaat qildi
06 okt 2023 12:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/766092_original.jpg)
![](/upload/storage/766092_220.jpg)
Gonkong U-23 murabbiyi muxlislarga murojaat qildi
Gonkong U-23 murabbiyi Yorn Andersen Osiyo o'yinlari doirasida 3-o'rin uchun o'tkaziladigan O'zbekistonga qarshi bahs oldidan jamoa muxlislariga murojaat qildi.
"Qadrli gonkonglik futbol muxlislari! Sizning kuchli qo'llab-quvvatlovingiz bizga chuqur tasir o'tkazdi. Sizlarning daldangiz terma jamoamizning Osiyo o'yinlarida ajoyib o'yin ko'rsatishiga va tarixiy natija qayd etishida yordam berdi. Garchand biz olisda bo'lsak-da, Xanchjoudan sizlarning hayqiriqlaringizni eshitamiz va his qilamiz. Bronza medal taqdim etadigan uchrashuvda ham sizlarning ko'magingizga muhtojmiz. O'ylaymanki, ertaga eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz", – dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlari doirasidagi 3-o'rin uchun bahs ertaga 13:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar