Gomez "Milan"da CHalxanogluning o'rnini egallashi mumkin
01 iyu 2021 14:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640113_original.jpg)
![](/upload/storage/640113_220.jpg)
Gomez "Milan"da CHalxanogluning o'rnini egallashi mumkin
"Milan" bosslari "Sevilya" yarim himoyachisi Alexandro Gomesning xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda.
33 yoshli futbolchi yozda klubdan ketishga yaqin bo'lgan Xakan CHalxanogluga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gomes Andalusiya klubiga qadar "Atalanta" sharafini himoya qilgandi. O'yinchi bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan kelishmovchilik sabab bergamoliklar safini tark etgan edi.
Alexandro o'tgan mavsum "Sevilya" libosida Ispaniya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar