Golovin Rossiya superkubogi uchun bahsda ishtirok etmaydi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 23:56
SSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Rossiya Superkubogidagi bahsda ishtirok etmaydi.

Rossiya matbuotidan tarqalayotgan ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi jamoasi bilan "Lokomotiv"ga qarshi bahs uchun jo'nab ketmagan. Golovin yaqin vaqtlar ichida jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda.

Ayni damda unga "Monako" va "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru