Gollarning ko'pi ham, ozi ham Toshkent klublarida
13 noy 2022 11:10
Yangiliklar
Gollarning ko'pi ham, ozi ham Toshkent klublarida
Coca-Cola Superligasining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi.
Mavsum davomida raqib darvozani "Paxtakor" klubi eng ko'p ishg'ol qildi. "SHerlar" 26 o'yinda 47 ta gol urdi. Undan keyingi o'rinni AGMK egalladi. Olmaliqliklar raqiblarini 44 bor ranjitdi.
Joriy yil raqiblari darvozasiga eng kam yo'l topa olgan jamoa esa "Metallurg" bo'ldi. Bekobodliklar atigi 19 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Qo'qon-1912" esa ulardan ikkita ko'proq gol urgan.
SHuningdek, "Navbahor" klubi o'z darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan klubga aylandi. Namanganliklar 15 bor raqiblari tomonidan jazolangan.
Eng ko'p jabrlangan esa "Dinamo" jamoasi bo'ldi. Vadim Abramov qo'l ostidagi futbolchilar jami 47 ta gol qabul qilib oldi.
Fikrlar