Gollari soni bo'yicha Ronaldu va Messidan keyingi o'rinda borayotgan osiyolik futbolchi faoliyatini yakunlashini malum qildi
16 may 23:17
Yangiliklar
Gollari soni bo'yicha Ronaldu va Messidan keyingi o'rinda borayotgan osiyolik futbolchi faoliyatini yakunlashini malum qildi
Hindiston futboli afsonasi va terma jamoa sardori Sunil CHetri 6 iyun kuni terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarorini elon qildi.
Sunil Hindistonning Quvaytga qarshi jahon chempionati saralash bosiqichi doirasidagi qarama-qarshiligi uning so'nggi o'yini bo'lishini aytdi.
39 yoshli CHetri 2005 yilda debyut o'yinida ilk golini kiritgan holda 19 yil mamlakat terma jamoasida to'p tepdi.
Ayni paytda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida terma jamoadagi gollar soni bo'yicha portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messidan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar