Gollar shousida "Buxoro" "Andijon"ga beshta gol urdi
17 apr 2016 19:25
Yangiliklar
Gollar shousida "Buxoro" "Andijon"ga beshta gol urdi
O'yining 9-daqiqasida Aziz Ibragimov jarima maydoni ichida yuzaga kelgan vaziyatni muvaffaqiyatli yakunlab, uchrashuvda hisobni ochdi - 1:0. Oradan ikki daqiqa o'tgach yana o'sha Aziz Ibragimov o'zini ko'rsatdi - 2:0.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Nemanya Yovanovich aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirdi - 2:1. Keyingi daqiqada SHavkat Salomov chap qanotdan oshirilgan to'pga aniq zarba berib, darvozani ishg'ol etdi - 3:1.
Dastlabki bo'limda boshqa gol bo'lmadi. 62-daqiqada Salamat Qutiboev to'rtinchi bor andijonliklar darvozasini ishg'ol qildi - 4:1.
77-daqiqada Otabek Valijonov gol urib hisobni qisqartirdi - 4:2. Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Suhrob Nematov jarima to'pidan gol urib yakuniy natijani o'rnatdi - 5:2.
Buxoro (Buxoro) – Andijon (Andijon) 5:2
17 aprel 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: Ibragimov 9, 11, Salomov 31, Qutiboev 61, Nematov 87 - Yovanovich 30, Valijonov 77
Buxoro: 1.Muhiddin Xudoyorov, 8.Salamat Qutiboev (19.Jasur Hasanov, 66), 10.SHavkat Salomov, 11.Sanat SHixov (18.Bahodir Pardaev, 46), 16.Artyom Filiposyan, 23.Aleksandr Merzlyakov, 61.Aziz Ibragimov, 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanaev, 93.Maksimilian Fomin, 97.Kamoliddin Murzoev.
Zaxira: 30.Asilbek Omonov, 3.Sardor Rahmonov, 7.Suhrob Nematov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 91.Pavel Smolyachenko.
Andijon: 1.Akmal Tursunboev, 3.Davron Tursunov, 4.Azamat Isroilov, 6.Ibrohim Otaxonov (77.G'ulom O'runov, 65), 7.Alisher SHog'ulomov, 9.Otabek Valijonov, 17.Timur Vasilev (24.Ibrohim Rahimov, 46), 18.Farhod Bekmurotov, 21.Javlon Guseynov, 84.Nemanya Yovanovich, 89.Bobur Akbarov.
Zaxira: 46.Xurshid Xodjev, 5.Iqbol Boboxonov, 10.Anvar Berdiev, 11.Abdumalik Abdullaev, 14.Islombek Isoqjonov.
Ogohlantirishlar: Timur Vasilev 30, Javlon Guseynov 34, Ibrohim Otaxonov 45, SHavkat Salomov 54, Jasur Hasanov 73, Muhiddin Xudoyorov 78, Alisher Sanaev 80.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar