So’nggi yangiliklar

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  0 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   8 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

Gollandiyada yig'in o'tkazayotgan “Paxtakor”, Osiyo Kubogi saralashida qatnashmaydigan Bahrayn, “hakamlarga ham og'ir, biror foyda, “tushim” yo'q”. O'zbek futboli gazetalari 27 yil avval nimalar haqida yozgan? Yangiliklar

Gollandiyada yig'in o'tkazayotgan “Paxtakor”, Osiyo Kubogi saralashida qatnashmaydigan Bahrayn, “hakamlarga ham og'ir, biror foyda, “tushim” yo'q”. O'zbek futboli gazetalari 27 yil avval nimalar haqida yozgan?

Futbol – yildan yilga o'zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o'yiniga aylanayotgan sport turi.

Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televidenie, radio va gazeta-jurnallar orqali etkazib berilgan.

Xo'sh, bundan 27 avval o'zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O'zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida elon qilib boriladi.

1996 yilning 20 mart kuni nashr qilingan “O'zbekiston futboli” gazetasida 13 mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Futbolni rivojlantirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori havola etilgan.

“Paxtakor-79” voqesiga 17 yil to'lgan. Hali-hanuz jurnlaistlar, futbol jamoatiligi bu voqeadan chuqur qayg'uda. Ayni shu nashrda ham jamoaga atab xotira maqolasi yozilgan. 

Furqat Esonboevni ko'pchilik yaxshi bilsa kerak. O'zi ham o'z vaqtida etarlicha mashhurlikka erishgan futbolchi va yaxshi mutaxassis. U bilan gazetaning mazkur sonida intervyu tashkil qilingan. 

V milliy chempionat boshlanishiga 31 kun yoki bir oy qoldi. Yaqin orada kubok uchrashuvlari ham boshlanadi. Jamoalar esa o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Natijalar qiziqarli. 

Terma jamoamiz uchun yaxshi yangilik. Osiyo Kubogi saralashida rejaga ko'ra, guruhimizda Bahrayn va Tojikiston terma jamoalari bor edi. So'nggi malumotlarga qaraganda, Bahrayn saralashda ishtirok etmaydi. Sabab – Tojikistondagi notinch vaziyat bo'lgan ekan. 

Oliy liga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rar ekan, xorij jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishni boshlab yuborishgan. Muborakning “Mashal”ida ham shunday. Murabbiy Valeriy Lyotkinning so'zlariga ko'ra, jamoa Rossiya va Qozog'iston klublariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni reja qilgan.

Xuddi shu vaqtda esa “Paxtakor” Gollandiyada (hozirgi nomi – Niderlandiya). Jamoa bosh murabbiyi Xans Ferel ketma-ket ikkinchi yil klubini o'z vataniga olib borgan. 

Karikaturalar har davrda bo'lgan. Gazetaning ushbu sonida tajribali hakam Gali Imomovga atab karikatura chizilgan va sher bitilgan.

SHerdagi etiborga molik jumla: 

“Hakamlarga ham og'ir, 

Biror foyda, “tushim” yo'q”.

Gazetaning 1996 yilning 27 mart kungi sonida xabar berilishicha, OFKdan O'FFga xat kelgan. Yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligi saralash bosqichi guruh o'yinlarining taqvimi malum. O'zbekiston yoshlari Quvayt, Qirg'iziston hamda BAA yoshlariga qarshi maydonda harakat qilishadi. 

Farg'ona viloyatida joylashgan So'x tumanida o'sha vaqtda futbol jamoasi bo'lganligi etiborga molik. “Ozod” jamoa xo'jaligi mahalliy yoshlardan tarkib topgan, qator musobaqalarda ishtirok etish harakatida bo'lgan. Qiziq, bu jamoaning taqdiri nima bilan yakunlangan ekan-a?

Xalqaro futbol federaciyalari uyushmasi klublar reytingini elon qilgan. “Kuchli uchlik” ajoyib – “Milan”, “Ayaks” va “Yuventus”.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика