So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  25 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Gol urmayotgan Messidan poker, "Madrid" yana ochko yo'qotdi: 25-tur yakunlari haqida Yangiliklar

Gol urmayotgan Messidan poker, "Madrid" yana ochko yo'qotdi: 25-tur yakunlari haqida

Teglar :  La Liga
Ispaniya chempionati 25-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Atletiko Madrid" yana g'alaba qozondi, bu safar "Vilyarreal" "matraschilar"dan jabr ko'rdi 3:1. "Sevilya" safarda bu mavsum yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan "Xetafe"ni taslim qilgan bo'lsa, 

"Barselona" - "Eybar" 5:0
Gollar: Lionel Messi 14, 37, 40, 87, Artur 89.

25-tur prevyusida "Barselona" so'nggi yillarda "Eybar"ga qarshi ortiqcha qiyinchiliklarga duch kelmasligi haqida aytib o'tgandik. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi. Leo Messi 2013/14-yildan buyon eng uzoq davom etgan golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Va bu ishni shunday bajardiki, avvalgi o'yinlarda gol ura olmagani ko'pchilikning esidan chiqib ketdi. 398 daqiqa gol urmagan Messi bir yo'la 4 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

Yana bir etiborli jihat jamoaning yangi futbolchisi Martin Breytueyt jamoa sardori gollaridan biriga golli uzatmani amalga oshirdi.   

Muhim hafta oldidan qiyin davrlarni boshidan o'tkazayotgan "Barsa" ajoyib g'alabaga erishdi va keyingi o'yinlarga ko'tarinki ruh, o'zgacha ishonch bilan tayyorlanishi turgan gap.

"Levante" - "Real" 1:0
Gol: Xose Morales 79

Eng shov-shuvli natija "Real Madrid" safarda "Levante"ga yutqazib qo'ygani bo'ldi. 

Avvalgi turda "Selta" bilan o'yinda tayyor uch ochkoni qo'ldan chiqargan Zidan shogirdlari dastlabki daqiqalarda xatolardan hulosa chiqargandek ko'rinishdi. 

Futbolchilar katta ishtiyoq bilan harakat qilar, ketma-ket zarbalar amalga oshirilardi. Lekin shunday bo'lsa ham "qaymoqranglilar" tanaffusgacha hisobni ocha olishmadi. 

Keyinchalik malum bo'ldiki, vaziyatlardan unumli foydalanmaslik mehmonlarga qimmatga tushdi. 

Birinchi bo'limda Karim Benzema va Luka Modrich ikki martadan yaxshi vaziyatga ega bo'lishdi, lekin har safar posbon Aytor Fernandes to'pning darvoza to'riga borishiga qarshilik qilaverdi. 

Azar ham bir nimalar qilishga urindi, ammo bu ham kiperni ortiqcha havotirga solmadi. 

O'z navbatida, "Levante" hujumda deyarli hech nima qilmas, Kurtua esa ancha zerikib qolgandi. 

O'yinning 50-daqiqasida Eden Azar birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo imkoniyatni ko'kka sovurdi. 

Zidan shogirdlariga ko'rsatma berish maqsadida qanchalar urinmasin, uning ovozini maydondagi futbolchilar eshita olishmadi. Bu ham etmagandek, raqibning o'ta sodda hujumini o'tkazib yuborishdi - 1:0. 

Uchrashuv "Levante" rejasi bo'yicha o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Markazda Nikola Vukchevich uzoq masofaga to'pni etkazib berdi, qanotdan oldinga o'tgan Morales zarba uchun qulay fursatni topa bildi va Tibo Kurtua zarbani ko'rib turgan bo'lsada, uni qaytarishga ojizlik qildi. 

So'nggi daqiqalarda Zidan ko'z oldidan butun o'yin: Modrichning qulay imkoniyatlari, Eden Azarning birga-bir vaziyatga chiqqani, Benzemaning o'ta oddiy zarbalari, birma-bir o'tgan bo'lsa kerak. 

Hammasi etmagandek, uzoq tanaffusdan keyin asosiy tarkibga qaytgan Eden Azar yana jarohat olib maydonni ertaroq tark etishga majbur bo'ldi. Keyinroq malum qilinishicha futbolchi ikki oy "Real Madrid"ga yordam bera olmaydi.

"Real" "Klasiko"da raqibni mag'lub etib, birinchi o'ringa qaytishga harakat qiladi. Lekin undan avval CHempionlar Ligasi pley-offida "Manchester Siti" bilan bellashuv. Agar shunday o'yin ko'rsatadigan bo'lsa, "Madrid" juda noqulay ahvolda qolib ketishi hech gap emas.

       

"Osasuna" - "Granada" 0:3
Gollar: Darvin Machis 4, Darvin Machis 28, Dimitri Fulke 41

Etiborga loyiq yana bir uchrashuv "Osasuna" - "Granada" o'rtasida bo'lib o'tdi. Mehmonlarga raqibni "yanchib tashlash" uchun 45 daqiqa etarli bo'ldi. 

Birinchi bo'limdayoq Darvin Machis dubl qayd etdi va Dimitri Fulke o'yin taqdirini hal qilib qo'ya qoldi. Ikkinchi bo'limda "Granada" hisobdan kelib chiqib harakat qildi, karaxt axvoldagi "Osasuna" esa aytarli hech nima qila olmadi.


SHuningdek, bu turda:

"Betis" - "Malorka" 3:3
Gollar: Xuan Ernandes 16, Serxio Kanales 19 (pen), Nabil Fekir 35 (pen), Xoakin 48, Takefusa Kubo 70. 

"Selta" - "Leganes" 1:0
Gol: Yago Aspas 62.

"Alaves" - "Atletik" 2:1
Gollar
: Lukas Peres 28 (pen.), Rodrigo Eli 90+1 - Raul Garsiya 17

"Valyadolid" - "Espanol" 2:1
Gollar
: Sandro Ramires 77, Serxio Navarro 83 - Adrian Embarba 90+3 (pen.)

"Real Sosedad" - "Valensiya" 3:0
Gollar: Mikel Merino 12, Nacho Monreal 45, Adnan Yanuzay 48.

"Xetafe" - "Sevilya" 0:3
Gollar
: Lukas Okampos 43, Fernando Fransisko Rejes 67, Jyul Kunde 75

"Atletiko" - "Vilyarreal" 3:1
Gollar
: Anxel Korrea 40, Koke 64, Joau Feliks 74 - Pako Alkaser 16


Omonjon To'xtamirzaev 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика