Godin jarohat oldi
03 avg 2019 01:20
Yangiliklar


Godin jarohat oldi
Inter himoyachisi Diego Godin chap oyoq son qismidan jarohat oldi, deya xabar beradi neradzurrilar matbuot xizmati.
Hozircha urugvaylik futbolchining qachon safga qaytishi oshkor qilinmagan. Biroq, tahminlarga ko'ra, Godin mavsumoldi tayyorgarlik bosqichining so'nggi kunlarini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Antonio Konte shogirdlari A Seriya boshlanguniga qadar yana ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Ulardan biri 4 avgust kuni Xalaqaro CHempionlar Kubogi doirasida «Tottenxem»ga qarshi o'tkazilsa, keyingisi esa «Valensiya» bilan bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar