Godin boshqa bir A Seriya klubiga o'tishga yaqin
14 sen 2020 15:01
Yangiliklar


Godin boshqa bir A Seriya klubiga o'tishga yaqin
"Inter" himoyachisi Diego Godin "Kalyari"ga o'tishi mumkin.
Klublar 34 yoshli o'yinchining transferi borasida faol muzokaralar olib borishmoqda. "Kalyari" Godinga bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 2,5 million evrolik maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
"Inter" futbolchi maoshining bir qismini kelasi mavsum ham to'lashga tayyor. Urugvaylik ham Sardiniyaga yo'l olishga qarshi emas.
Godin 2019/20 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar