Godin "Atletiko"dan ketishini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 16:35
"Atletiko" himoyachisi Diego Godin joriy mavsum oxirida klubni tark etadi.

Bu haqda futbolchi bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida e'lon qildi. Oldinroq, Godin "Inter"ga o'tishga yaqinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

"Bu klub mening oilam, hayot tarzim, o'z uyim bilan xayrlashish qiyin. Hammaga minnatdorchilik bildirmoqchiman" - dedi Godin.

Godin 2010 yildan beri "Atletiko" sharafini himoya qiladi. U jamoa bilan Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogi g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com