

2 may kuni MYU fanatlari APL 34-tur doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan "Old Trafford" stadioniga bostirib kirishdi va Gleyzerlardan klubni sotishni talab qilishdi. Yakunda o'yin noma'lum muddatga qoldirildi.
Gleyzerlar klubni sotishni rejalashtirmayaptilar. Amerikalik xo'jayinlar bunga qarshi yaqin yillarda klubning narxini 3 milliard funtdan 7 milliardga qadar oshirmoqchilar.
Eslatib o'tamiz, oila "qizil iblislar"ni 2005 yilda 790 million funt evaziga xarid qilgan.



