So’nggi yangiliklar

13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2

Gilerme: “Xotinimni mag'lubiyatlarga nima aloqasi bor? Men uni sevaman” Yangiliklar

Gilerme: “Xotinimni mag'lubiyatlarga nima aloqasi bor? Men uni sevaman”

Teglar :  Gilermeintervyu
“Lokomotiv”ning braziliyalik darvozaboni Rossiya telekanallardan birining mehmoni bo'lib, faoliyatiga oid turli savollarga javob qaytardi.


 Suratga olish jarayoniga vaqtida tashrif buyurgan Gilerme savollarga ochiqlik bilan javob berdi.


– Mag'lubiyatni qanday qabul qilasiz – tonggacha uxlamaysizmi yoki rafiqangizga baqirishni boshlaysizmi?

– Xotinimning mag'lubiyatga nima aloqasi bor? Uni sevaman. Mag'lubiyatdan keyin hamisha alamli holat bo'ladi. Biroq futbol hayoti shunday – bugun yutqazasan, ertaga yutasan. Agar har bir omadsizlikdan keyin fojea yuzaga kelsa, bundan hech qanday yaxshilik chiqmaydi.

SHaxsiy xatolar ko'p vaqt asabni buzadimi?

– Bir kun, undan ko'p emas. Keyingi mashg'ulotda uni yoddan chiqaraman. Lekin ungacha har bir xatodan xulosa chiqaraman. O'zing bilan bu yukni uzoq olib yurish kerak emas.

Boshqalarning xatosiga qanday qaraysiz? SHerigingizga baqirasizmi? “Ural” bilan o'yinda Peychinovich to'pni tepa olmadi va raqib gol urdi.

– Bu tasodif edi va u barcha bilan ro'y beradi. Albatta, kimdir xato qilganda o'zimni bosolmagan vaziyatlar bo'ladi. Lekin kamdan-kam. O'z navbatida menga yigitlar gapirishgan holatlar ham uchraydi.

Sardorga ovozni ko'tarib gapirish mumkinmi?

– Demak, mumkin ekan.

Hujumchi shafqatsiz bo'lishi kerak. Aytaylik, Suares raqiblarini tishlab ham oladi. Darvozabon qanday bo'lishi lozim?

– Tabiatan xotirjam va o'zimni bosa olaman. Yoshligimda tezda asabiylashgan holatlarim bo'lardi. Hamkasblarim kimnidir tishlashi kerak deb hisoblamayman. Men mehribon darvozabonman.

– Petr CHex raqobatchisi yo'qligida ishonchliroq o'ynashi haqida gapirgandi. “Lokomotiv”da ortingizda Abaev va Kochenko nafas olayotgani xavotirga solmaydimi?

– Yo'q. Aksincha, bu yaxshiroq o'ynashga yordam beradi. Raqobat maydonda etiborliroq bo'lishga yordam beradi. Ishoning, shunchaki gapirmayapman. Raqobat o'sishga chorlaydigan kuchdir. Jamoada har bir chiziqda raqobat bo'lsa, bu uning foydasiga xizmat qiladi.

– Agar zaxiraga tushib qolsangiz, asosiy tarkibga qaytish uchun raqobatchilarning xato qilishlarini kutasizmi?

– Xayolimga ham kelmaydi. Zaxirada etarlicha vaqtni o'tkazganman, lekin men bilan birga o'ynagan hech kimga yomonlik tilamaganman. Ikkinchi uyga aylangan, yashaydigan va o'ynaydigan jamoaga qanday qilib buni tilashim mumkin? Imkoniyatni kutish va undan foydalanishni bilish kerak. SHuning uchun taqdir meni uloqtirmagan.

“Lokomotiv”ga kelganda Rossiyaga moslashish uchun vaqt ketganini aytgansiz. Jarayonni nima to'xtatib qo'ygan – tilni bilmaslik, iqlim o'zgarishi yoki yaqinlar va do'stlarning yo'qligi?

– Rossiyaga juda yosh yigitligimda kelgandim. Menga barcha narsa xalal bergan – begona til, tanish bo'lmagan odatlar, ob-havo. Yana qancha jarohat olganman. Barchasini engib o'tish kerak edi. SHu sababli qanchadir vaqt ketdi. Biroq uni yo'qotilgan deb hisoblamayman.

Legionerlar rus tilini o'rganishni unchalik istamaydi. Sizni o'rganishga nima majbur qilgan?

– Vaziyatni o'zgartirishni xohlagandim. SHunda rus tilini o'rganishni boshladim. O'qituvchi bilan 2 marta dars o'tkazgach, barchasini o'z qo'limga oldim.

Nega? O'qituvchi qiz yoqmadimi?

– Yo'q, o'qituvchim juda chiroyli edi (kuladi). SHunchaki o'zim bunga kirishsam, tezroq bo'lishini bildim. Yigitlar bilan mashg'ulotda ko'proq muloqot qilishni boshladim, alifboni o'rgandim, televizor ko'rdim va so'zlar qanday manoni bildirishini so'radim. SHunday bo'ldi.

Rossiya pasportini olish xohishingizni bazilar legioner sanalmaslik uchun deb o'ylaydi. Boshqalar esa buni terma jamoaga kirish uchun deya. Yana Rossiya sizga Braziliyadan ko'proq yoqadi deb o'ylaydiganlar bor. Haqiqatga ularning qay biri yaqinroq?

– Rossiyadagi faoliyatimni tugatgandan keyin yurtimga qaytaman. Terma jamoangiz uchun o'ynash? Tan olaman, bu haqida o'ylaganman. Lekin birinchi raqamli Akinfeev bor. Uni hurmat qilaman. Terma jamoaga hozir boshqa darvozabon kerak emas. Lekin kelajakda menga murojaat qilishsa, bunga tayyorman.

Gilermening “Krasnodar”ga otlanayotgani haqida gaplar qaerdan chiqdi?

– Jurnalistlardan bo'lsa kerak. Bu xabarni gazetalarda o'qidim. Jamoam – “Lokomotiv”. Uni o'zgartirishga kirishmayapman.

Nega 85-raqamni 1-raqamga almashtirdingiz?

– Boshidanoq 1-raqamni olishni istagandim. Jamoaga kelganda Yuriy Syomin prezident edi va ushbu raqamni afsonaviy Sergey Ovchinnikovga umrbod bog'lab qo'ymoqchi edi. SHu sababli o'zim tug'ilgan yil raqamida o'ynadim. Keyin jamoada Ivan Levenec paydo bo'ldi va rahbariyatga unga 1-raqamni topshirdi. U ketganda esa men 1-raqamni berishlarini so'radim. Braziliyada shu raqamda harakat qilardim.

Darvozabonlarni g'alati hisoblashadi. O'z vaqtida jahonda eng yaxshi sanalgan Rinat Dasaev darvoza ichidagi qo'lqop qutisida Quronni saqlagan, Artyom Rebrov esa to'sinni o'padi. Sizda qandaydir anana bormi?

– To'singa osilishni yoqtiraman. Yaratgandan men va jamoadoshlarim jarohat olmasliklarini so'rayman.

– “Lokomotiv”da murabbiylarning tez-tez o'zgarishiga qanday munosabatdasiz?

– Bu futboldagi hayotning bir qismi deb o'ylayman. Bunga ko'nikkanman. Braziliyada jamoa 3-4 uchrashuvda yutqazsa, murabbiyni almashtirishadi.

“Dinamo”da Braziliyadan murabbiy bor edi - Ivo Vortmann. Matbuot anjumanida u deyarli 30 klubda ishlaganini gapirgan. Ko'pchilik ajablanishiga binoan u Braziliyada jamoalarni ko'p o'zgartirgan murabbiylar obro'li hisoblanishi haqida aytgandi.

– G'alati tuyulsa ham u haqiqatni gapirgan.

– CHerevchenko boshchiligidagi “Lokomotiv” Bojovich davridagidan qanchalik farqli?

– Bizda yaxshi jamoa bor. Buni “Zenit” bilan Superkubokdagi uchrashuvda ko'rsatdik. Hozir uchlikka kirish uchun bellashishga tayyormiz. Jamoada oldin ham jiddiy muammolar bo'lmagan, lekin hozir barchasi super.

Hozir Dyurica o'ynamayapti. Usiz zerikarlimi?

– Himoyada yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Yansiz rostdan ham sal zerikarli. U bilan bir-birimizni so'zsiz tushunamiz. U hozir jarohatini davolamoqda. Lekin Peychinovich maydonga tushyapti va u yaqinda kelgan bo'lsa ham jamoaga kirishib ketdi. Dyurica bilan esa ko'pdan beri birga o'ynab kelganmiz.

Yangi futbolchilar Kolomeycev va Ndinga qanday?

– Ndinga – jim, xotirjam. Bu uning endi kelgani bilan bog'liq bo'lsa kerak. Uyalyapti, shekilli. Uni har kuni kuldirishga harakat qilaman, biroq bu oson emas. Juda jiddiy yigit.

Unga yordam beryapsizmi?

– Albatta.

– Unga qanday maslahat beryapsiz?

– CHidashni. O'zim qanday boshlaganimni aytib beryapman.

– Kolomeycevga osonroqmi?

– Ha, u shu erlik-ku.

Pavlyuchenkoning ketishi yo'qotishmi?

– Men uchun ha. Roma ajoyib inson. Jamoada yuqori kayfiyatni yuzaga keltirardi. Maydonda ham u mohir ijrochi.

– Iker Kasilyas biror o'yinga tayyorlanayotib, boshidan yuqori sakragan uchrashuvlarni eslashini aytib bergandi. Sizda ham shunday bahs bo'lganmi?

– 2011 yil “Rubin” bilan 0:0 o'ynaganmiz. Menda barchasi yaxshi chiqqan. Dyadyun, Natxo, Ansaldi, Bystrov qulay vaziyatlardan tepishgan, lekin men gol o'tkazmaganman. Bu haqida siz so'raganingiz uchun esladim. O'yinga esa boshqacharoq tayyorlanaman.

Qaysi uchrashuvni eslashni istamaysiz?

– “Apollon” bilan – 1:4. To'rt zarba va to'rt gol.

Bu qanday ro'y bergan?

– Maydonga tushib, g'alabani cho'ntakda deb o'ylaganmiz. Futbol bunday narsalarni kechirmaydi. Xuddi boksdagidek – 2ta zarbani o'tkazib yuborasan va tamom.

– Sizni ko'proq Kurani va Emenike xafa qilgan ekan. Ular Gilermega qanday gol urish sirini biladilarmi?

– Bu tasodif. Ular yaxshi hujumchilar va o'z ishlarini biladilar. Ular faqat menga emas, boshqa darvozabonlarga ham to'p kiritishadi.

– Hozir kimni xavfli hujumchi deb hisoblaysiz?

– Xalkni. Unda kuchli va juda ajoyib zarba bor. To'p aytib bo'lmaydigan traektoriya bo'yicha uchadi. Biroq jahon chempionatida uning o'yini qovushmadi. O'shanda jarohati borligini aytib berdi.

Eng kuchli hujum chizig'i “Zenit”dami?

– O'ylashimcha, ha. Xalk, Danni va SHatov istalgan himoyani yorib o'tishi mumkin.

– Dumbiyaning CSKAga qaytishi sizlarga bosh og'rig'i qo'shadimi?

– Bunga shubha qilmasa bo'ladi. Menimcha, u Rossiya chempionatlari tarixida eng yaxshi hujumchilar uchligiga kiradi. “Roma”dan keyin ko'p narsa uning xarakteriga bog'liq. Sinib qolmasligi shart.

Premer-liga “Zenit” va qolganlarning ligasiga aylanib qolmadimi?

– Umuman yo'q. CHempionat tobora yaxshiroq bo'lib bormoqda. Oson o'yinlar yo'q. “Zenit”da tarkib kuchliroq va byudjet katta, biroq u bilan bellashish mumkin.

Oilangiz o'yinlarga tashrif buyuradimi?

– Albatta. Uydagi barcha uchrashuvlarga. Bolalar ham. Katta qizim Mariya muxlislar sherlarini ham biladi.

Braziliyada to'ylar qanday o'tadi?

- Men va Rafaelaning to'yiga 300 mehmon kelgan. Uni Kuritibada o'tkazgandik.

Rioda karnavalda bo'lganmisiz?

– Yo'q. U erga bo'ydoq holda borishni tavsiya qilmayman.

Aleksandr Samedovning restoranida brazilcha taomlar bormi? SHurrashkayoki feyjoada?

– Yo'q. Bir necha marta menyuga kiritishlarini so'radim, biroq u bunga quloq solmayapti.

Uyda brazilcha taomlar tayyorlaysizmi?

– Tez-tez. Ko'p taomlar 40 daqiqa ichida tayyor bo'ladi. Receptni aytishim mumkin. Dastlab go'shtni qovurib olasiz. Keyin esa unga loviya va bir oz kolbasa qo'shasiz.

Tuz va murch hammi?

– Bu sir (kuladi). Uyda buni maxsus recept asosida tayyorlaymiz.

Modaga qanchalik etibor berasiz?

– Jinsi va futbolka mening modam. Moda ortidan quvib yurmayman. Oddiy kiyimlar mening uslubim.

Futbolchilar zamonaviy avtomobillarni yoqtiradi. Siz nimaga etibor berasiz?

– SHu kunlarda “Mersedes” sotib oldim. Oilam borligi sababli kattaroq mashinani xarid qildim.

– Moskva bo'ylab yurish qo'rqinchli emasmi?

– Rossiyaga allaqachon ko'nikib ulgurganman.

Jamoadoshlaringizdan kim ko'proq mehmonga keladi?

– Maykon, u vatandoshim. Yana fizioterapevt Rafael ham xotini bilan kelib turadi. Qolganlar bilan esa jamoaning umumiy tushlik va kechki ovqatlarida ko'rishib turamiz.

Nega kumirlaringiz yarim himoyachi Ziko va darvozabon Julio Sezar?

– Zikoning o'yinlari yozilgan videolarni ko'rganman. U juda yaxshi o'ynagan. Otam Ziko to'p tepgan “Flamengo”ning ashaddiy muxlisi. Uyda doim uning ismi yangragan. Julio Sezar esa “Inter”da CHempionlar ligasini yutganda unga tenglashgan. Hozir Noyerga muxlislik qilaman. U oyoqlari bilan ajoyib o'ynaydi. Darvozabon uchun bu juda muhim.

Hozircha “Lokomotiv” chempionlik yo'nalishi bo'yicha ketmoqda. Yakunda marraga birinchi bo'lib kela oladimi?

– Nima uchun yo'q? Bunga hamma narsa etarli. Faqat o'z o'yinimizni namoyish etib, asabiylashmasligimiz lozim. SHunda barchasi yaxshi bo'ladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика