Giggz Uels termasidan yana chetlatildi. U jamoani Evro-2020da boshqarmaydi
23 apr 2021 22:16
Yangiliklar
Giggz Uels termasidan yana chetlatildi. U jamoani Evro-2020da boshqarmaydi
Bugun prokuratura Uels termasi bosh murabbiyi Rayan Giggz ustidan jinoiy ish ochilganini malum qildi.
"Manchester Yunayted" afsonasi ikki nafar ayolga hujum qilib, tan jarohati etkazganlikda ayblanmoqda. Jabrlanuvchilardan biri - murabbiyning sobiq rafiqasi Keyt Grevill.
Sobiq yarim himoyachining sud ishi 28 aprel kuni ko'rib chiqiladi. Ayni damda u garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Bu xabardan keyin Uels futbol associaciyasi uni terma bosh murabbiyligidan chetlatdi. Evro-2020 turnirida termani Robert Peyj boshqaradi.
Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili ham Giggz termasidan chetlatilgan, o'shanda u qizini kaltaklab urgani uchun 3 o'yinda termasini boshqara olmagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar