Giggz o'z xohishi bilan Uels TJ murabbiyligidan ketdi. Buning sababi ham malum
21 iyu 2022 09:25
Yangiliklar
Giggz o'z xohishi bilan Uels TJ murabbiyligidan ketdi. Buning sababi ham malum
Uels futbol associaciyasi Rayan Giggz bilan kelishuv bekor qilingani elon qildi.
Giggz 2018 yil yanvaridan beri termani boshqarib kelayotgandi va 2020 yil noyabrida qiz o'rtog'i Keyt Grevillga hujum qilishda ayblanib, qamoqqa olinganidan keyin vaqtincha jamoadan chetlatilgandi. Keyin esa u xuddi shu kabi ayblov bilan qiz o'rtog'ining singlisi Emma Grevillga ham hujum qilgani malum bo'ldi.
Mazkur holat bo'yicha sud jaroyoni 2022 yil 8 avgustda bo'lib o'tadi, MYU sobiq azosi esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Giggz o'ziga qo'yilayotgan ayblovlar Uels TJning JCH-2022 tayyorgarlik jarayoniga tasir o'tkazmasligi uchun o'z xohishi bilan istefo so'radi. Terma vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajargan Rob Peyj boshqaruvida pley-offdan o'tib, mundialning final bosqichiga yo'l oldi.
Fikrlar