Giggz: “O'sha qariyalar MYU libosida umumiy 2000tadan ortiq o'yin o'tkazgan, shunday ekan fikr bildirishga haqlimiz”
20 mar 2019 00:12
Yangiliklar


Giggz: “O'sha qariyalar MYU libosida umumiy 2000tadan ortiq o'yin o'tkazgan, shunday ekan fikr bildirishga haqlimiz”
MYUning sobiq sardori Rayan Giggz shveciyalik forvard Zlatan Ibragimovichning so'zlariga javob qaytardi.
“Yunayted libosida 2000tadan ziyodroq uchrashuvda maydonga tushganimizdan so'ng, fikr bildirishga haqlimiz deb hisoblayman. Qarashlarimiz bazida salbiy, bazida esa ijobiy bo'lishi mumkin. Lekin, bu jamoaning natijalariga tasir qiladi deb hisoblamayman. Biz TV va radioda faoliyat olib borayotgan klubning sobiq azolari kabi “qizil iblislar”ning muxlisimiz. Bu futbol va unda turli xil dunyoqarashlar bo'lishi tabiiy. Biroq, Zlatan MYU to'g'risida bizdan ko'ra yaxshiroq biladi.” – deydi 1990-2014-yillari “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan yarimhimoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar