Giggz Beyl haqida: "Endi uning o'yinini har hafta ko'rishimiz mumkin"
01 okt 2020 14:00
Yangiliklar


Giggz Beyl haqida: "Endi uning o'yinini har hafta ko'rishimiz mumkin"
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz "Real"dan "Tottenxem"ga ijara asosida o'tgan Garet Beyl haqida fikr bildirdi.
"U "Real"ga qaraganda muntazamroq o'ynaydi. Men buni Garet uchun yaxshi qadam deb hisoblayman, "Tottenxem" uchun ajoyib transfer va umuman Premer-liga uchun, endi biz uning o'yinini har hafta ko'rishimiz mumkin.
Garet yaxshi murabbiyga ega va o'zi yaxshi biladigan klubga o'tdi. O'zi aytganidek, bu uyga qaytish.
Agar Garet muntazam maydonga tushsa, yaxshiroq va keskinroq o'ynar edi", - deydi Giggz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar